Sofokl

Sofokl (Sophokles) (taxm. mil. AV. 496-406) — yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manba- larga ko’ra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi («Ayaks», 442 y.dan oldinroq; «An- tigona», taxm 441; «Traxinalik ayollar», yozilgan vakti noma’lum; «Shoh Edip» va «Elektra», 43015 y.lar orasida; «Filo- ktet», 409; «Edip Kolonda», 401) va ay- Rim dramalaridan parchalar, ba’zi lirik she’rlari etib kelgan. S. o’tmishdoshi Esxil va izdoshi Evripiddan farkli o’laroq, voqelikni qanday bo’lsa, shun- Day qabul qilib, Yunonistonning gul- lagan davridagi demokratiya asoslariga shubha bilan qaramagan. S. antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan shaxsning ma’naviy shaklla- nishi muammosini echishda dunyoning Parvardigor tomonidan idora etili- shini nazardan qochirmagan. Uning «Tra- xinalik ayollar» tragediyasidan boshqa barcha asarlari olijanob kishilarning nomlari bilan atalgan va bu asarlar- ning qahramonlari murakkab vaziyatda do’q va po’pisalarga yoxud murosasozlikka da’vat etuvchi kengash va maslahatlarga qaramay, o’z maqsadlari sari intiladi- lar. Antigona «norasmiy qonun»ga itoat etib, davlat qonunini buzadi va akasi- dan judo bo’ladi; Elektra qatl etilgan otasining o’chini olaman, deb o’zinio’zi azobuqubatlarga giriftor etadi; Edip, taqdiri azaldan qanchalik qochishga urinmasin, otasining qotili va ona- sining eri bo’lib chiqadi. Ana shu tarz- da S. tragediyalarining qahramonlari, o’z istaklariga qarshi o’laroq, taqdiri azalning qurboni sifatida gavdalana- dilar. S. voqeaning tabiiy oqimini aks ettirar ekan, tasvirga ilohiy kuchlarni jalb etmaydi, tomoshabin uning asar – larida kamdankam holdagina folbin, bashoratchilarga duch keladi. S, Esxil- dan farqli o’laroq, tragediyaning tri- logiya ko’rinishlaridan voz kechib, har bir asarida syujetning mustaqilligiga erishadi. Uning ikkinchi yangiligi 3 AK- tyor ishtirokidagi sahnalardan samarali foydalanishidir. S. jahon adabiyoti ta- rixidan bir necha monumental obrazlar- ni yaratgan ijodkor va jiddiy dramatic kompozisiyalar ustasi sifatida o’rin egallagan. S. asarlari teatr san’ati yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarilgan hoz. davrda ham o’z qimmatini yo’qotmay, jahon dramaturgiyasining shoh namu- nalari bo’lib qolmoqda. S.ning «Shoh Edip» (1969), «Antigona» asarlari hoz. O’zbek milliy teatri (1971), «Elektra» tragediyasi esa Abror Hidoyatov nomida- gi teatrda sahnalashtirilgan. Ac: Shoh Edip, T., 1979: