Solikamsk

Solikamsk — RF Perm viloyati- dagi shahar. Kama daryosi chap sohilidagi pristan. T.y. stantsiyasi. Elektrlash- tirilgan t.y. liniyasi orkali Perm va Ekaterinburg shaharlari b-n bog’langan. Aholisi 106,6 ming kishi (1998). «Sil- Vinit» i.ch. birlashmasi (kaliy tuz- larini qazib olish va qayta ishlash); tsellyulozaqog’oz k-ti, yog’ochsozlik sanoati korxonalari, magniy, kema ta’mirlash z-dlari, shahar chetida parrandachilik f-kasi bor. Bir nechta o’rta maxsus bilim yurti, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 1430 y.da komipermyaklar qishlog’i o’rnida vujudga kelgan va dast- lab Solkamskaya yoki Usolekamskoe deb atalgan. 16-18-a.larda Rossiyadagi eng yirik tuz olish markazlaridan biri bo’lgan. 1925 y.da S. yonida kaliy Tuzla- rining yirik koni ochildi. 1933 y.da kaliy k-ti mahsulot bera boshladi. 1936 y.da kaliy k-ti asosida magniy z-Di Vu- judga keldi. S.da qadimgi rus me’morligi yod- gorliklaridan Bogoyavlenie cherkovi (1687-95), troisa sobori (17-a. oxiri), Voevoda uyi va b. saqlangan.