SOLIQ DEKLARATSIYASI
SOLIQ DEKLARATSIYASI – soliq to’lovchining muayyan vaqt davomida topgan daromadi miqdorini ko’rsatuvchi hujjat. Ushbu hujjatda daromadining miqdori va manbalarini aniq qilib ko’rsatadi. Olinadigan soliq deklaratsiyaga qarab belgilanadi. Soliq deklaratsiyasida soliq miqdori naqadar to’g’ri ko’rsatilganligini soliq inspeksiyasi nazorat qiladi. O’zbekistonda qabul qilingan soliq to’g’risidagi qonunga binoan har bir fuqaro yilning oxirida soliq deklaratsiyasini to’ldirishi zarurligi qayd etilgan.