SOLIQ ELEMENTLARI

SOLIQ ELEMENTLARI – davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni undirishni tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o’zida aks ettiradi. Soliqlarning elementlari tarkibiga quyidagilar kiradi: l) soliq subyekti (soliq to’lovchi); 2) soliqni o’zida tashuvchi (namoyon etuvchi); 3) soliq obyekti; 4) soliq manbai; 5) so liqqa tortish birligi; 6) soliq stavkasi (soliqqa tortish normasi, me’yori); 7) soliq imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtainazaridan yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari soliqning muhim elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: l) soliq masshtabi; 2) soliqqa tortish bazasi (asosi, negizi)ni hisobga olish usuli; 3) soliq davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5) hisobot davri; 6) soliqni to’lash muddatlari; 7) soliqni to’lash usuli va tartibi.