Soloxa

Soloxa — skif «podsho» mozorqo’rg’onlaridan biri (mil. AV. 4-a.). Ukrainaning Zaporoje viloyati- dagi Bolshaya Znamenka qishlog’idan 12 km Jan.sharkda joylashgan. N. I. Ve- selovskiy tomonidan tadqiq qilingan (1912-13). S. tepaligi (bal. 18 m) ta- gidan ikkita «podsho» kabri topilgan. Ulardan biri (Markaziy) qad. Davrlarda talontoroj etilgan, ikkinchisi (chetda- gi) butun saqlangan. Qabrga podsho bilan birga uning xizmatkorlari (vino suzuv- chi va qurolbardori) qo’shib ko’milgan. Qabrdan qurolaslahalar, hokimiyat RAM- zi — jez cho’qmor, oltin va kumushdan yasalgan idishlar, taqinchoklar, bila- guzuklar va b. chiqqan. Jang qilayotgan skiflar shakli tushirilgan oltin taroq, ayniqsa, badiiy qimmatga ega. Pod- sho qabridan g’arbrokda 5 ta ot skeletal saqlangan o’ra, jez taqinchoqlari bo’lgan egarjabduq va otboqar qabri topilgan. S. skif qabilalarining hayoti, urfodati haqida ilmiy ma’lumotlar beradi. Sdan topilgan oltin buyumlar antik davrning nozik amaliy san’at namunasi sifatida mashhur.