Solur, salur

Solur, salur — qadimgi turkiy- o’g’uz qabilalaridan biri. S. lar mil. 2-4-a.larda turk (xitoycha tele) nomi bilan atalgan 44 turkiy qabilalar tar- kibida bo’lgan. Ayni zamonda o’g’uzlar Sharqiy Turkiston hududida, aniqrog’i Tangri tog’etaklarida yashagan, keyincha- lik Turkiston hududiga tarqalgan. «De- Vonu lug’otit turk»AA S. o’g’uzlar tarkibi- ga kirgan 22 urug’dan birining nomi deb ko’rsatilgan. S.lar qadimda Sayxun (sir- Daryo), Issiqko’l atrofidagi joylarda va uning shim.dagi ili daryosi bo’ylarida yashaganlar, so’ngra Xorazm va Xuroson- ga ko’chib, turli qismlarga bo’linib ket- ganlar. S. larning bir qismi o’zlarini turkman deb atagan, boshqa bir qismi 1370-1424 y.lar Samarqand orqali Sharqiy Turkistonga, so’ngra Xitoy- ning g’arbiy o’lkalari (Gansu va TSinxay) ga borib o’troklashgan (q. Salorlar). O’z davrida G’arbga ko’chib ketgan S.lar tur- klar bilan aralashib ketgan. Hoz. Turkiya hududida ushbu atama bilan ataladigan joy nomlari uchraydi.