SOMONCHISOY

SOMONCHISOY – Toychisoy Qashqadaryo viloyatidagi soy. Pachkamar dovonidan 3 km o’tgach, Ellikbosh tizmasi Jan. yon bag’ridagi Jangabuloq bulog’idan boshlanadi. Uz. 84 km, xavzasining mayd. 496 km2. Asosan, yomg’ir, qisman qor eri- shidan to’yinadi. O’zan bo’ylab chiqadigan er osti suvlari hisobiga soyda yil bo’yi suv oqadi. Quyi o’zanida doimiy suv oqimi deyarli bo’lmaydi. Qurg’oqchil yillarda soydan umuman suv oqmaydi. O’rtacha ko’p yillik suv sar- Fi, boshlanishidan 61 km gacha 0,070 m3/ sek., oqim moduli 0,2 l/sek. Soyning ko’p sonli (54 ta) tarmoklari yozda qurib qoladi.