Somoniylar

Somoniylar – 910-a.larda Movarounnahr va Xurosondagi sulo- la. S.ning oilaviy nisbasi, ya’ni nomi ularning ajdodi bo’lmish Somonxudot ismi bilan bog’liq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil ma’lu- mot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Nar- shaxiy (10-a.) va Hamza Isfahoniy (10- a.) keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi somon qishlog’idan, almukaddasiy (10-a.) ning ma’lumotiga ko’ra esa, u Samarqand VI- loyatidagi somon nomli qishloqdan bo’lgan. «Sa’diya» nomli asar (17-a.) da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, uning asl ismi Arquq bo’lib, u Farg’onadan Termizga ko’chib kelgan va u erda somon nomli qishlog’iga asos solgan.O’rta asr- larda Buxoro, Farg’ona, Toxariston, Xut- talon va b. viloyatlarda ham somon nom- li qishloqlar bo’lganligi kayd etilgan. Bu ma’lumotlar «somon» toponimi o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududlarida va un- dan tashqari erlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo’lganligidan dalolat beradi. Ko’pchilik manbalar (hudud alo- Lam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga ko’ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho’bin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi AV- Lodi bo’lgan. Baxrom Cho’binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog’lik u so- soniylarga qarshi ko’zg’olon ko’tarib (590 y.) mag’lubiyatga uchragandan keyin Farg’onaga qochib kelgan va turkiy Mali- kaga uylanib, umrining oxirigacha o’sha erda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o’zlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davla- tidagi shahanshoxlar oliy taxtiga da’vo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlari- ning (Juba, Jamchan, Tamg’as kabi) tur- kiy ismlari bo’lgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabg’u (ya’ni Somonxudot) turkiy- larning O’g’uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olin- gan. O’rta Osiyoga arablar bostirib kel- ganda, Somonxudot, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alqushayriy (725/727 va 735/738 y.lar)ning oldiga ke- lib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yorda- mida dushmanlarini enggach, Somonxudot Islom dinini kabul kiladi va o’g’lining ismini amirning sharafiga Asad ko’yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ism- li ug’illari alMa’munning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko’zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMa’mun ularni bir nechta viloyatlarga Amir etib tayinlaydi (819-820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg’ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo’lgan tohiriylarga tobe bo’lgan va harbiy kuch to’plab, Arab xalifaligining Sharqiy chegaralarini qo’riqlab turishgan, shu- ningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o’ziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to’ng’ichi bo’lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug’dning katta qismini, shuningdek, Farg’ona va b. bir qancha shaharlarni o’z hokimiyati ostida bir- lashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi etakchilik uning ukase Ahmad ibn Asad oilasiga o’tadi. Uning 7 ta o’tli bo’lib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni o’z qo’llariga oladilar. Faqat Buxoro sh. Tohiriylar qo’lida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli bo’lgan Hirot sh.da ham hokimiyat S.ning qo’lidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat si- yosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshlig’i bo’lgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoro- ga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qo’liga o’tib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklar- ning Shovg’ar sh.ga yurish qiladilar. De- yarli butun O’rta Osiyo erlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshlig’i Nasr xalifa almu’ta- MIDdan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Ko’p o’tmay Ismoil akasi Nasrga bo’ysunishdan bosh tortib, unga qarshi ko’shin tortadi. Aka- uka qo’shinlari orasida bo’lib o’tgan jangda (888 y.) Nasr mag’lubiyatga uchray- Di va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni o’z qo’liga oladi. U Taroz sh.ga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konla- riga egalik kidali. O’sha yilning o’zida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulola- sining oxirgi vakillarini yo’q qiladi va viloyatni butkul o’zining hokimiyatiga bo’ysundiradi. S.ning kuchayib borayot- ganidan xavfsiragan Arab xalifasi is- moilni hokimiyatdan chetlatib, o’rniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Saffo- riyni tayinlaydi (898 y.). Amr qo’shin bilan Movarounnahrga yo’l olganda, is- moil unga qarshi chiqib, bir necha jang- dan keyin uni mag’lubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli bo’lgan Xurosonni ham o’z erlariga qo’shib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vo- diysidan Xurosongacha bo’lgan erlarni o’z hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismo- il ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qo’liga o’tdi: Ahmad ibn Ismoil (907-914 y.lar), Nasr ibn Ahmad (914-943 y.lar), Nuh ibn Nasr (943-954 y.lar), Abdulmalik ibn Nuh (954-961 y.lar), Mansur ibn Abdulmalik (961-976 y.lar), Nuh ibn Mansur (976-997 y.lar), Mansur ibn Nuh (997-999 y.lar), Abdulmalik ibn Mansur (999-1000 y.lar). Shundan key- in mamlakatdagi hokimiyat Qoraxoniylar sulolasining qo’liga o’tib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil almuntasir (1000-1005 y.lar) Qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija bo’lmadi va oxiri o’zi ham o’ldirildi. Shu bilan S. sulola- si tarix sahnasidan butunlay ketdi. Ma’muriy boshqaruv tizimi. S. sulo- lasining hokimiyatdagi vakillari Amir deb atalgan bo’lib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) bo’ysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Bal’amiylar va Utbiy- lar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Bal’a- miy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 10 devon bo’lib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan bo’lib, har bir amaldor Arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bo’lishi shart edi. Bunday odamlarni Ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qo’mondonlari Hojib, Xuroson lash- karboshisi esa sipoxsolor deb atalgan bo’lib, boshqaruv ishlariga katta ta’sir o’tkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan bo’lsa, bu mablag’dan 20 mln.ga yaqini boshqaruv ti- zimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qo’shin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, ya’ni bir yilda 4 marta muntazam ravishda be- rib turilgan. 10-a. boshida S. hukmronligi osti- dagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Farg’ona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chag’oniyon, Xut- talon, Badaxshon, Balx, Toxariston, Guzganon, G’archiston, Marv, Hirot, G’ur, Nishopur va Go’rgon. Viloyatlar- da boshqaruv g’okimlar qo’lida bo’lib, ular Amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga ko’pincha mahalliy er egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakil- lari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qo’lida bo’lib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Toxariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guz- ganonda farig’uniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulola- lar, shuningdek, Chag’oniyon, G’azna, Siji- ston, G’ur va G’archistonda mahalliy sulo- lalar hukm surgan. S.ning saroy ma’muriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tash- kil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shun- Day ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudo- FAA ishlari to’la turkiylarning qo’lida bo’lgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va b. shaharlarning turkiy aholisi ko’plab Islom dinini qabul qilganliklari tu- fayli S.ning boshqaruv tizimida ular- ning salmog’i oshib ketgan. Xususan, Al- ptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Ali- Tegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shu- ningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Al- xunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Su- boshitegin, Kamtegin, Fayozbek, xumor- bek, Xumortosh, Oytug’dibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytug’mish va b. g’ukmdorlar boshqargan. Hokimiyat S. qo’lidan ketib, Qoraxoniylar qo’liga o’tgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga o’tishgan. Shuning uchun Bug’roxon 992 y.da Isfi- jobdan yurish qilib, Samarqand va Buxo- Roni egallaganda, unga hech kim qarshilik ko’)|satmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha bo’lgan asl egalari sifatida va endi Islom Di- nini qabul qilib, o’z erlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar. Shunday qilib, S boshqaruv tizi- mi aniq va mukammal ravishda tuzil- gan bo’lib, o’zida davlatchilikning o’sha davrda eng ilg’or an’analarini mu- jassamlashtirgan. Lekin Qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Chunki u davrda, ya’ni 9— 10-a.larda, Abbosiy- lar xalifaligida Markaziy hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi maxalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu jumladan, S. ham, rasman bo’lsada, Bag’dod xalifala- riga bo’ysungan edilar. Ular faqat ma’- muriy boshqaruvda va xo’jalik ishla- rini yuritishda xalifalar tomonidan berilgan keng huquklar va o’zini o’zi boshqarish vakolatlariga ega bo’lganlar. Shariat nuqtai nazaridan g’am, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr ma’muriy jihatdan Abbosiylar xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu vilo- yatlardagi hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xali- faligining tarkibida Bag’doddan tay- inlangan va nisbatan mustaqil ichki si- yosat olib borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi mumkin. Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko’tarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxo- ro, Samarqand, Urganch, Marv va Nisho- pur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlay- Di. Forsiydariyda nazm, Nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi. 9-10-a. larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda Amir saroyida turli sohalarga oid qo’lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi. Movarounnahrda me’morlik va san’- at yangi taraqqiyot bosqichiga o’tdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, ter- miz, O’zgan va Marv kabi shaharlarda ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, Tim va karvonsaroylar qurildi. Ad.: A6u Bakr Muhammad ibn Ja’far anNarshaxiy, Buxoro tarixi [fors tili- dan A. Rasulev tarjimasi], T., 1991; bos- Vort K. E., Musulmanskie dinastii, M., 1971; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — na- chala XIII vv., T., 1996; Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan v IX —X vv.), Dushanbe, 1977; Karaev O., Istoriya Karaxanidskogo kaga- nata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983. Shamsuddin Kamoliddinov.