Sopollitepa

Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Shero- bod cho’lini kesib o’tgan O’lanbuloqsoy yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968 y. arxe- olog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969-74 y.larda A. Asqarov tomoni- dan o’rganilgan S.ning maydoni taxm. 3 ga. Uning 1 ga.ga yaqin Markaziy qismi mudofaa devorlari bilan o’rab olin- gan. Qal’a atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta dalalariga ay- lantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol sinikdari kalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida S. deb atalgan. S.da o’tkazilgan arxeologik ka- zishmalar natijasiga ko’ra, uning Mar- kaziy qismi murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qal’adan iborat. Qal’aning tomonlari go’yo 3 qator mudofaa devor- lari bilan o’rab olingan. Aslida esa, qal’ani o’rab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yo’laksimon qopqonlardan tashkil topgan bo’lib qal’a tashqi mu- dofaa chizig’ida tomonlarga parallel qilib 8 ta yo’laksimon qopqonlar joy- lashtirilgan. Qal’aning ichki mudofaa chizig’ining markaziga va har to’rt tomon burchaklariga bittadan, hammasi bo’lib 8 ta yo’laksimon qopqonlar joylashti- rilgan. Yo’laksimon qopqon tizimining joylashish rejasiga ko’ra, qal’aga ki- rish darvozasi ham go’yo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qal’a Jan. tomonining markaziga joylashgan, qolgan «darvoza- lar» harbiy xavf tug’ilganda qopqon va- zifasini bajargan. Qal’aning ichki mu – dofaa tizimida, yo’laksimon qopqonlar oralig’ida, har tomonda ikkitadan mu- Rabba shaklida qurilgan xonalar bo’lib, ularga qal’a ichki tomonidan eshik Ochil- gan. Aynan ana shu xonalar tomon qal’a ichiga joylashgan turar joy majmualari oralab tor ko’chalar o’tgan. Qal’a ichidagi turar joy majmualari uning ichki de- vorlari bo’ylab joylashgan. Ular ana shu ko’chalar orqali 8 ta mahallaga bo’lingan. Qal’a markazida esa ochik, maydon bor. Qal’a darvozasidan boshlangan keng yo’l va tor ko’chalar ana shu maydon bilan bog’langan. Bularning barchasi S. jamo- alarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab me’moriy insho- ot oldindan o’ylangan aniq reja va g’oya asosida qurilgan. S. qal’a qo’rg’onining me’moriy tarhi protoshahar tarkibi- ni eslatadi, uni maxsus o’ylab topilgan mudofaa rejasi esa amaliy tajribadan kelib chiqib, qal’a bosh rejasi g’oyasiga qatiy bo’ysundirilgan. Aynan, mana shunday mudofaa tizimi S. xavfsizli- gini yukrri darajada ta’minlay olgan. S. mudofaa tizimini tashkil etgan uzun yo’laklar dastlab mudofaa inshooti va- zifasini bajargan. Ularga mudofaa in- shooti sifatida talab so’ngach, sekinasta boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Mac, shim. va Sharqiy ichki yo’laklar xilxona sifatida foydalanilsa, g’arbiy va Jan. yo’laklar kulolchilik ustaxonalari sifa- tida foydalanilgan. Har bir mahallada urug’jamoalarining xilxonalari bo’lib, marhumlar mudofaa devorlari ostiga, uylarning poli ostiga ko’milgan. Urug’ boshliklarining qabrlari esa, odatda, oila o’chog’i ro’parasida uchratiladi. S.da o’tkazilgan qazish jarayonida 150 dan ortiq turar joy majmualari ochildi. Ularni mahalla bo’yicha taqsimlaganda har bir mahalla maydoniga 15-20 ta- gacha oilaviy turar joy majmualari to’g’ri keladi. Lekin, ular bir vaqtda bu- nyod etilmagan. S.da odamlar kancha vaqt yashaganligini o’rganish maqsadida uning har xil joylarida shurflar solindi. Shurf kesmalariga kura, mudofaa insho- otlari va uyjoy majmualari poydevor- siz qurilgan. Oilaviy uyjoy majmua- lari ko’p xonali bo’lib, har bir oilaga qarashli ko’p xonali uyning biri devo- rining ostida mo’rili o’choq, ikkinchisi- da sandal o’rni yoki toza kulli qurbongoh chuqurchasi, uchinchisidan esa omborxona sifatida foydalanilgan. Bular oila birligini anglatuvchi muhim belgi edi. Bir necha shunday oila birliklari katta patriarxal urug’jamoasini tashkil et- gan. S. ana shunday katta patriarxal urug’ jamoalaridan 8 tasini birlashtirgan qishloq jamoasi edi. S. uylari va mu- dofaa inshootlari somon qo’shilgan xom g’ishtlardan qurilgan. Uy devorlari an- davalar yordamida silliq kilib suvalgan (topilmalar orasida sopol andava ham bor), suvoq ustidan havorang ohak bilan okdangan. Har bir patriarxal jamoa mahallasi qoshida ularning kundalik ehtiyojidan kelib chiqqan holda kulolchilik tsexi va metall eritish ustaxonalari mavjud. Xo- nalarning ba’zi birlari to’qimachilik maqsadlariga moslab qurilgan. Ular keng va uzun bo’lib, to’quv dastgohini o’rnatishga mo’ljallab qurilgan. Ana shunday xonalarda urchuq toshlar, suyak taroqlar, tosh va sopol qadoqtoshlar ko’proq uchratilgan. S.da to’qimachilik ipak, paxta va hayvon yungi xom ashyosi asosida qurilganligi haqida dalolat be- ruvchi topilmalar bor. S. sopollari charxda yasalgan, 2 qavatli xumdonda pishirilgan. Ular nafis, jarangdor, naqshsiz. Kulollar sopol i. ch.da asosiy e’tiborni mutano- siblik va shaklga qaratgan. Ular juda sifatli uzun oyoqli vazalar, konussimon kosalar va nimkosalar, qadaxlar va xur- machalar, ko’za va ko’zachalar, xum va xumcha- lar, choynak va piyolalar, tog’ora va lagan- lardan iborat. S.da jezdan qirg’ich va pichoqlar, bolta va teshalar, igna va bigiz, iskana va ran- da tishlari, ko’zgu va muhr, surmadon va xilma xil idishlar, bilaguzuk, soch tur- maklagichlar, sirg’a va uzuklar, tillaqosh va qosh tergichlar ishlab chiqarilgan. S. da 158 ta qabr ochilgan. Ularning deyarli barcha ashyoviy dalillari butun- ligicha bizgacha etib kelgan. Qabrlar hoz. zamon qabrlaridan farq qilmaydi: ayvoncha, ayvonchalarning g’arbiy cheti- da, undan pastroqda lahad — jasad- xona, uning og’zi yarim engashtirilib terilgan g’ishtlar bilan berkitilgan. Ayvoncha lahaddan chiqqan toza tuproq bilan to’lg’izilib usti suvab qo’yilgan. Birgina farqi S. lahadlari kengroq, qabr og’ziga yaqin bo’sh maydonga tur- li idish tovoqlar, mehnat va b. harbiy qurollar, taqinchoq, bezak buyumlari va b. qo’yilgan. Lahadda erkaklar g’ujanak holda o’ng tomoni bilan, ayollar esa chap tomoni bilan yotibdi. Har ikki jins ham kafanda emas, balki hayotlik vaqtidagi bayramona kiyimda ko’milgan. Erkaklar qabrida mehnat va harbiy qurollar, ayol- lar qabrida turli xil taqinchoq va bez- aklar uchraydi. Qabrlardan topilgan ashyolar tarkibiga qarab, marhumlarning kasbini aniq aytish mumkin. Demak, so- pollitepaliklar e’tiqodiga ko’ra, ular narigi dunyoda ham yashashda davom etish- larini tasavvur qilganlar. Mozorda- gi ashyolarning «boy va kambag’alligi» ularning yoshi va jamoada tutgan mavqei bilan boglik bo’lgan. Qabrlarda bitga- dan, ba’zan esa ikkitadan skeletlar uch- raydi. Ba’zida ayolni emizikli bolasi bilan ko’mish hollari ham uchraydi. Uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz udumiga ko’ra, ona o’lsa uning emizikli bolasi bilan ko’mish tabiiy hol hisoblangan bo’lsa kerak. S.da o’rganilgan juft qabrlarda erkak va ayol birga ko’milgan bo’lib, ular- ning birontasining suyagida majburiy o’lim izlari uchramaydi. Demak, ular o’z ajali ila hayot bilan vidolashganlar. Keyinroq, ko’chmanchi mulkdor chor- vadorlar orasida ko’p xotinlik tabiiy holga aylangan harbiy demokratiya dav- rida «narigi dunyoda hayotning davom etishi» haqidagi ibtidoiy aqidaga ko’ra, skif podsholari va qabila sardorlari bilan ularning xotin va cho’rilaridan bir qismini majburiy o’ddirib birga ko’mish odat tusini olgan. Ana shu odat- ning dastlabki ildizlari S.da ko’zga tashlanadi, qabrlarda odam jasadi o’rnida mayda hayvon skeletlari uchra- tilgan, bunday qabrlar kenotaf nomi bilan ataladi. Ularga bedarak yo’qolgan marhum o’rniga jamoa dafn an’anasi- ga ko’ra, uning tirik jon mulkidan bir qo’yni o’ldirib ko’mish lozim topilgan. S. kenotaf qabrlarining deyarli barchasi erkaklarga tegishli edi. S aholisi e’tiqodida quyoshga, olov- ga sig’inish o’z aksini topgan. Uning izlari ayrim xonalar maydonida uch- ratilgan sandal o’txonasi sifatida qabul qilingan toza kulli chuqurchalar edi. Bularning barchasi otashparastlar e’tiqodiga aloqador belgilar edi. S. jamoasi mazkur maskanda 150-200 y.lar chamasi yashab, suv tanqisligidan, suvga qulay yangi unumdor erlar qidirib, Sherobod daryoning qad. o’zani Bo’stonsoy soxillariga ko’chib ketadi- lar. Bu voqealar mil. AV. 2ming yil- likning birinchi yarmida sodir bo’ldi. S. dehqonlari yangi joyni o’zlashtirib, O’zbekiston Jan.da eng qad. ilk shaharni barpo etadilar. U shahar O’zbekiston tarixida Jarqo’ton nomi bilan atalib, uning protoshahri S xisoblanadi. Ad.: Askarov A., Sapallitepa, T., 1973; Askarov A., Drevnezemledelche- skaya kultura epoxi bronzi yuga Uzbeki- Stana, T., 1977. Ahmadali Askarov.