SOPOLLI MADANIYATI

SOPOLLI MADANIYATI – O’zbekistonning Jan. hududlarida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi jez davri qabilalarining ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va etnoma- Daniy rivojlanish holati arxeologik manbalarda aks etgan moddiy madani- yat majmuasi (mil. AV. 2ming yillik). Kelib chikishi jihatidan qad. Sharq tamadduni bilan boglik bu madani- yat yodgorliklari O’zbekistonning sur- xondaryo viloyati, qo’shni Tojikiston hududlaridan topib o’rganilgan (sopol- litepa, Jarqo’ton, Mo’lalitepa, Bo’ston, Bo’yrachi, Nurek, Tandiryo’l). Uning eng qad. va birinchi bor topib o’rganilgan yod- gorligi Sopollitepa bo’lib, ushbu arxe- ologik madaniyat ham shu yodgorlik nomi bilan ataladigan bo’ldi. Sopollitepa va Jarqo’tonda o’tkazilgan keng ko’lamli izlanishlar sm.ni moddiy va ma’naviy dunyosi haqida to’liq ma’lumot beradi. Shunga qaramay, Jan. O’zbekistonda shu madaniyatga tegishli 20 ga yaqin yodgorlik topib o’rganilgan. Sm. uchun xom g’ishtlardan qurilgan mahobatli arxitektura, sug’orma dehqonchilik, yuksak darajada rivoj- langan ko’p tarmoqli hunarmandchilik, ayniqsa, uning kulolchilik, Metallur- giya, zargarlik, to’qimachilik va teriga ishlov berish sohalari yaxshi rivojlan- gan. Diniy e’tiqod zaminida olovga si- ginish muhim rol o’ynagan. Sm.ning Jarqo’tondek yodgorligi misolida o’zbek davlatchiligining ilk ildizlarini kuzatish mumkin. Topil- malar tarixiy taxdiliga kura, S.m.da Zardusht islohiga qadar olovga topinish va xauma ichimligini ilohiylashtirish kuchli bo’lgan. Uning dalili sifatida Jarqo’ton ibodatxonasining ochilishi va o’rganilishini ko’rsatish mumkin (q. Jarso’ton otashkadasi). Ashyoviy dalil- lar taxdilidan kelib chiqib, quyidagi yakuniy xulosaga kelish mumkin: 1) O’zbekiston Respublikasining Jan. VI- loyatlarida mil. AV. 2 ming yillikning birinchi yarmi davomida qad. Sharq ta- madduniga xos tarixiy sharoitda sm. bazasida yuksak rivojlangan qad. Ilk shahar madaniyati tarkib topdi; 2) agar Sopollitepa o’zining qad. shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni Avestoda tilga olin- gan vara inshootini eslatsa, Jarqo’ton yodgorligi O’zbekiston xududida birin- chi bor shakllangan tom ma’nodagi qad. shahar edi; 3) muayyan yodgorlikni qad. shahar deb atalishi uchun qo’yiladigan ilmiy talablardan kelib chiqilganda ham Jarqo’ton u talablarga javob beri- shi mumkin bo’lgan noyob yodgorlikdir. Qad. shaharlarga xos bo’lgan birinchi alomat — shahar maydonida arki a’lo va Shahriston tarkib topgan bo’lishi lozim bo’lsa, Jarqo’tonda bu sodir bo’lgan, ya’ni 100 gektarlik Jarqo’tonning 3 gektari arki a’lo va qolgan qismi Shahriston maydonini tashkil etadi. Ikkinchi alo- mat — o’troq dehqonchilik madaniyati Ag’olisi zich joylashgan maskan mudofaa devorlari bilan o’rab olingan bo’lishi. Uchinchi alomat — shahar arki kismida mahobatli binoning, ya’ni umumshaxar jamoalari boshlig’i qarorgohining tar- kib topishi Jarqo’tonda o’z aksini top- gan. To’rtinchi alomat — shahar maydo- nida barcha uchun barobar xizmat qiluvchi bosh sajdagoh — diniy mafkura markazi shakllangan bo’lishi. Beshinchi alomat — qad. shaharda xunarmandchilikning yuksak darajada tarkib topgan bo’lishi. Shahar hunarmandchilik mahsulotlari ichki bozor hamda tashqi bozor uchun ham keng ko’lamda ishlab chiqarilgan. Mac, ku- lolchilik mahsulotlarining uzoq Xitoy hududlarigacha kirib borganligi haqida guvohlik beruvchi ashyoviy dalillar ushbu qad. shahar madaniyatida mavjud. Demak, bu o’sha davr shahar aholisi tarkibi haqida faraz qilishga ishora bo’lib, qad. Jarqo’ton shahar aholisi erkin dehqon jamoalari — kashovarzlardan tashqari shahar hunar va savdo axdidan ham ibo- rat bo’lgan. Shahar xayoti nafaqat diniy, balki dunyoviy jihatdan tashkil etil- gan boshqaruv tizimi asosida qurilgan. Shahar hukmdorining mahobatli Kosho- nasining arki a’loda shakllanishi bunga dalolatdir. Ad.: Askarov A., Abdullaev B, Djar- kutan, T., 1983; Askarov A., Shirinov T., Drevnebaktriyskiy xramognya v Yujnom Uzbekistane. V. SB. Gradostroitelstvo i arxitektura, T, 1989; Sarianidi V. I., I zdes govoril Zaratushtra, M., 1992; Askarov A., Rannaya gorodskaya kultura epoxi bronzi yuga Sredney Azii, sa- markand, 1993; Askarov A., Drevnezem- ledelcheskaya kultura epoxi bronzi yuga O’zbekistana, T., 1977. Ahmadali Asqarov.