SOG’LIQNI SAQLASH

SOG’LIQNI SAQLASH – aholi sog’lig’ini muhofaza kdpishga yo’naltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. S.s. kasal- liklarning odsini olish va davolash, sog’lom turmush va mehnat sharoitini yara- tish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr ko’rishni ta’minlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni ko’zda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam ko’rsatishdan iborat. S.s. Sharqda, xususan O’zbekistonda uzoq tarixga ega. Ayniqsa o’rta asr- da bu hududda tabobat ilmida yuqori bosqichlarga erishildi. Shu davrda yunon va b. tillardan qad. tibbiy asarlar Arab tiliga tarjima etilib, ulardagi tav- siyalar amaliyotda qo’llanila boshlagan. Ayni vaqtda Sharq mutafakkirlari Tabo- BAT ilmidan jahonshumul asarlar yarat- ganlar. Bu borada Abu Rayhon Beruniy- ning «tibbiyotda dorishunoslik» («Ki- tob assaydana fittib»), Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» («Al qonun fittib») asarlari mashhur bo’lib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida aso- siy qo’llanma bo’lib kelgan. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino davolashning yangi usullarini qo’llab tabib (Hakim) si- fatida o’z davrida juda mashhur bo’ldi. Keyingi davrlarda ham tabiblik tur- kistonda sog’liqni saqlashning asosiy shakli bo’lib keldi. Tabiblar madra- salarda ta’lim olishgan yoki ustozsho- girdlik yo’li bilan turli kasalli- klarga, singanchiqqanlar, yarachaqalarga davo qilishni, xastaliklarning ol- dini olishni o’rganishgan. Ularning ko’plari nafaqat bemorlarni davolash, balki doridarmonlar tayyorlash bilan ham shug’ullanganlar. Sohibqiron Amir Temur boshqa ma’rifiy ishlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish ishiga ham alohida e’tibor bergan. Boshqa mamlakatlar mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan. Movarounnahr va Xurosonda 8-9-a. dayoq shifoxonalar uchun maxsus binolar kurila boshlagan. Shifoxonalar 15-a. da Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda ham ko’p bo’lgan. Bunday jamoat shifoxo- nalari «dor ushshifo» («davolash uyi») nomi bilan yuritilib, ularda zamonasi- ning bilimdon tabiblari bemorlarni davolashgan. «Dor ushshifo»dagi maxsus dorixonalarda dorishunoslar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berishgan. Aksariyat shifoxonalarda tabiblar be- morlarni davolashdan tashqari, tabobat ilmi bilan ham shug’ullangan. Shifoxo- nalar ochishga Alisher Navoiy xam katta axamiyat bergan. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, key- ingi yillarda ham Turkistonning ba’- zi viloyatlarida maxsus shifoxonalar bo’lgan. Xususan, mashhur adib Vosifiy Zayniddin Mahmud (1485— 1551) «No- dir voqealar» («Badoe’ulvaqoe'») asa- rida Toshkentning shahar qo’rg’onidan tashqaridagi Kaykovus chorbog’i haqida qiziqarli voqealarni bayon qilib, bu erda xon va sultonlar uchun shifoxona bo’lganligini yozgan..U davrlarda suv, havo, osmon, er tozaligiga, ya’ni zamo- naviy tushuncha — ekologiyaga ahamiyat berilgan. Turkistonni chor Rossiyasi bo- sib olganidan keyin o’lkaga G’arbga xos tibbiy muassasalar kirib kel- Di. Podsho hukumati Turkistondagi o’z qo’shinlarining manfaatini ko’zlab 1868 y. Toshkentda harbiylar va amaldorlar uchun kasalxona (lazaret) ochdi. Keyin- chalik boshqa shaharlarda ham kattaki- chik kasalxonalar, shifoxonalar ochila boshladi. 1872 y. Samarqandda, 1873 y. Xivada, 1891 y. Buxoroda unchalik katta bo’lmagan kasalxonalar ochiddi. Pekin ular, asosan, davlat xizmatchilari va rus fuqarolariga xizmat ko’rsatgan. Xu- Susan, ayollarga tug’ruqxona yoki kasalxo- nada tibbiy xizmat ko’rsatish ishi uzoq vaqtgacha uyushmagan hodda qolib keta- vergan. Faqat 1880 y. Toshkentda xayriya yo’li bilan atigi 4 o’rinli tug’ruqxona tashkil etildi, ayollar va bolalarga mo’ljallangan ambulatoriyalar ochildi. Mehnatni muhofaza qilish, S.s.ga doir uyushgan muntazam tizim yo’qpigi uchun sobiq Turkiston tuprog’ida ko’pgina yuqumli kasalliklar haddan tashqari ko’p uchrar, ba’zida epidemiyaga aylanib, qanchadanqancha kishilarning yostig’ini quritar edi. Chunonchi, 1872 y.dagi vabo epidemiyasi vaqtida Turkiston o’lkasida 38 ming kishi nobud bo’ldi. 1892 y.dan 20-a. boshlarigacha 6 marta vabo epidemi – yasi bo’lib, har safar minglab kishilar- ning yostig’ini quritdi. O’lkada bezgak, leyshmanioz, traxoma, rishta va b. ka- salliklar ham ancha ko’p uchrar edi. Mas, Buxorodek katta shahar aholisining beshdan bir qismidan ko’prog’i rishta ka- salligiga giriftor bo’lgan. O’tgan asrning 20y.larida bu borada bir qator tashkiliy ishlar amalga oshi- rildi. Sog’liqni saqpash xalq komissar- ligi tuzilib, o’lkadagi mavjud kasalxo- na, ambulatoriyalar va b. tibbiy muas- sasalar davlat tasarrufiga o’tkazildi. Davolash va epidemiyalarga karshi kura- shish uchun sayyor otryadlar tuzildi, bak- teriologik lab. ishga tushirildi, umu- miy o’rinlar soni 7 mingga yaqin kasal- xonalar ochildi. O’lkada chin chechak, vabo, rishta, bezgak, traxoma, leyshmanioz singari kasalliklar, asosan, tugatildi, sil, teri kasalliklari va b. kasalliklar sezilarli darajada kamaydi. O’lkada S.s. tizimining moddiytex- nik bazasi bosqichmabosqich kengayti- rilib, mustahkamlandi. Toshkentdagi yirik kasalxonalarda tor mutaxas- sisliklar bo’yicha ixtisoslashgan ko’z, quloq, asab kasalliklari bo’limlari va b. tashkil etildi. Samarqandda yangi ka- salxona, Qo’qonda bolalar kasalxonasi, Farg’onada bemorlarni fizioterapevtik usullar bilan davolaydigan maxsus shi- foxona ochiddi. Toshkentda shu sohadagi kichik xususiy kasalxona negizida 1919 y. 150 o’ringa mo’ljallangan fiziotera- Piya in-ti barpo etildi. 1920 y. Toshkentda silga kdrshi dast- labki dispanser ish boshladi. 1922 y. vrachliksanitariya nazorati tashkilo- ti tuzildi. 1924 y. Toshkentda terita- nosil kasalliklari dispanseri, bu- xoroda esa tropik tibbiyot in-ti (hoz. Samarqanddagi tibbiyot parazitologiya- si i.t. instituta) ochildi. 1924 y.ga ke- lib Turkistonda 6 tropik st-ya va uning joylardagi tarmoqdari ishlab turdi. 1924 y. respublikada 53 kasalxona, 151 ambulatoriya (ularning 79 tasi qishloq joylarida), 40 feldsherlik punkti va b. muassasalar bor edi. Shu yillar- da tibbiyot ta’limini yo’lga qo’yish va mahalliy aholidan tib mutaxassislari tayyorlashga kirishildi. 1918 y.da tosh- kentda dastlabki tibbiyot o’quv yurti — hoz. Oxunboboev nomidagi Respublika tibbiyot bilim yurti, oradan bir yil o’tib, oliy tibbiyot maktabi ochildi, feldsherlik kurslari, qisqa muddat o’qitiladigan jarroxlik kurslari, mu- ruvvat hamshiralari kurslari tashkil etildi. Oliy tibbiyot maktabi 1920 y.da O’rta Osiyo davlat un-ti tarkibidagi tibbiyot ftiga aylantirildi. Bu ftda o’qishga yoshlarni tayyorlash uchun Respu- blikaning ko’pgina shaxarlarida ishchi ftlari ochilib, ularga o’zbek g’amda boshqa erli aholi yigitqizlari jalb etildi. O’rta Osiyo davlat un-ti oliy ma’lumot- li tibbiy xodimlar tayyorlashdagina emas, balki joylarda yangi tibbiyot o’quv yurtlari ochishda ham muhim o’rin tutdi. 1925 y. viloyatlarning markazlarida tib- biyot markazlari ochiddi. un-tning tib- biyot FTI 1931 y. mustaqil tibbiyot in-ti (Toshkent tibbiyot instituti)ga aylan- tirildi. Samarqandda ham Samarqand tibbiyot instituti ochildi. 1932 y. Toshkent vrachlanr malakasini oshirish instituG’yaitashkil etildi. 1937 y. Tosh- kent farmasevtika instituti ish boshla- Di. Ayni vaqtda ilmiy tadqiqot intla- ri ham barpo etildi. 1937 y. Toshkentda sil, 1940 y. qon quyish intlari bor edi. Sanoat korxonalari va qishloq joyla- riga ko’plab vrachlar yuborildi, shaxar va qishloklarda yangi kasalxonalar, po- liklinikalar, ambulatoriyalar ochildi, havosi sof va xushmanzarali joylarda iqlimiy kurortlar, shifoxonalar barpo etildi. 1941-45 ylardagi urush davri- da O’zbekiston S.s. tizimi zimmasi- ga ancha mas’uliyatli vazifa tushdi. Jarohatlangan va shikastlangan jang- chilar uchun gospitallar ochish, S.s. ti- zimining moddiytexnik bazasini yana- da mustaqkamlash, o’lkaning sanitariya holatini barqaror saklab turish kerak edi. Tez orada 130 dan ortiq xarbiy gospitallar ochildi, Leningraddagi Harbiy tibbiyot akademiyasi, Moskva tibbiyot in-ti va b. tibbiy i.t. muassasa- lari O’zbekistonga ko’chirib keltirildi. Respublikada urush nogironlarini davo- lash uchun maxsus jarroxlik shifoxona- lari ochildi. Urushdan keyin respublikada bir qancha tibbiy ilmiy tadqiqot intlari kaytadan ish boshladi va yangilari pay- do bo’ldi (sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari, onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy tadqiqot intlari va b.). 1955 y. Andijon tibbiyot instituti, 1972 y. O’rta Osiyo, hoz. Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990 y. esa Buxoro tibbiyot instituti ochildi. Keyinchalik 1ToshTI ning Urganch filiali, 2toshti- ning Farg’ona filiali, Toshkent tibbi- yot pediatriya in-tining Nukus filiali tashkil etildi. Kardiologiya, gastroen- terologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gematologiya, pulmonologiya, allergolo- giya, revmatologiya va b. sohalar bo’yicha xizmat ko’rsatadigan yirik klinikalar ishga tushirildi. O’zbekistonda shifo- xonalar soni 1010 ta, ulardagi o’rinlar soni 140072 ta bo’ldi (2003). Sovetlar tuzumi davrida S.s. muassasalari tarmo- gi ancha kengaygan bo’lsada, lekin ekolo- gik nomutanosibliklar tufayli tashqi muhitning buzilishi, xususan, erga tur- li xil kuchli kimyoviy moddalar Solini- shi, paxta yakkahokimligi va b. ijtimoiy noxushliklar natijasida aholi orasida turli ichki kasalliklarning ko’payishi kuzatildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgani- dan so’ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, S.s. tizimining asosiy tamo- ili — profilaktik yo’nalishni tiklash; uning zamonaviy va samarali usulla- rini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchayti- rish; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish; i.t. ishlarini davr va jamiyat hayotining talablaridan kelib chiqqan holda qayta tashkillashtirish; mamlakatda sifatli va etarli miqdorda doridarmon, tib- biy ashyolar hamda shu sohaga taalluqli texnik vositalar ishlab chiqaradigan sanoat vujudga keltirish; S.s. muas- sasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash; davolashprofilaktika muassasalarining bir qismini davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik sha- klini o’zgartirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. O’zbekistonda S.s. ishlarini O’zR Sog’liqni saklash vazirligi boshqaradi. Krraqalpog’iston Respublikasida S.s. vazirligi, viloyatlar, shaharlar hamda tumanlarda tegishli boshqarma yoki bo’limlar mavjud. Respublikada Seni rivojlantirishda O’zR kasaba uyushma- lari federasiyasi, shuningdek, «sog’lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg’armasi, «Qizil yarim oy» jamiyati, «Nuroniy» jamg’armasi va b. o’z hissasini qo’shib kelmoqda (q. Ijtimoiy jamg’arma). Bozor munosabatlariga o’tish S.s. sohasiga ham yangi talablar qo’ydi. Xusu- san, ma’muriyboshqarish sarfxarajat- larini kamaytirish; bemorlarni davo- lash jarayonida kunduzgi kamxarajat va samarali usullardan foydalanish; shi- foxonalar ish hajmining bir qismini poliklinikaga ko’chirish, kam samarali o’rinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va b. choralar ko’rilmoqda. Aholi sog’lig’ini muhofaza qilish ko’p jihatdan davlat epidemiologiya xiz- mati faoliyatiga bog’liq. O’zbekistonda sanitariyaepidemiologiya st-yalari va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliyuslubiy va muvofiklashtiruvchi ishlarini olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazifani amalga oshirmoqsa. Respublikada «Salomatlik» institu- ti, uning viloyatlar va shaharlardagi sho- xobchalari radio va televidenie hamda matbuotdan foydalangan holda aholi o’rtasida sanitariyagigienaga oid bilim- larni keng targ’ib qilib boradi. Bolalarga ixtisoslashgan tibbiy yor- dam beruvchi muassasalar tarmog’i barpo etildi. Respublikada ishlab chiqilgan «Sog’lom avlod uchun» dasturi avvalo muntazam o’tkazib turiladigan tib- biy tekshirishlar asosida salomatligi zaif va kasalmand maktab o’quvchilari va o’smirlarni aniklab, ularni va umu- man yosh avlodni sog’lomlashtirish chora- tadbirlarini amalga oshirib borishni ko’zda tutadi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog’lom avlodni kamol top- tirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta’minlashdagi alohida xizmatlari uchun 1993 y. 7 mayda O’zR ning I va II darajali «sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. O’zbekistonda tibbiy ta’limning uz- luksiz bo’lishiga va mutaxassislarning o’z malakalarini oshirib borishiga kat- ta ahamiyat beriladi. Toshkentda vrach- lar malakasini oshirish in-ti ishlab turibdi. Uning 43 kafedrasi va har xil ixtisoslikka mo’ljallangan kurslarida har yili 8-10 ming vrach o’z malakasini oshiradi. Mamlakatda S.s. sohasidagi islohot bosqichmabosqich olib borildi. Birin- chi boskichda (1991-94 y.lar) butun e’tibor onalar va bolalar sog’lig’ini muhofaza qilish xizmatini takomil- lashtirish, demografik ko’rsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalli- klarni kamaytirishga karatildi. Ikkinchi bosqichda (1994-98 y.lar) dorixonalar va bir qancha davolashpro- filaktika muassasalari xususiylash- tiriddi, ambulatoriyapoliklinika xiz- mati rivojlantirilib qayta tuzildi. Natijada, aholining kasalxonada yotib davolanishi 1997 y.dagi 18,3% o’rniga 2001 y.da 13,8% ga kamaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining «O’zbekiston Respubli- kasi qishloqlari ijtimoiy infrastruk- turasini 2000 yilgacha bo’lgan davrda rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi qaroriga (1996 y. 21 may) muvofiq, S.s. sohasida mutlaqo yangi muassasa — qishloq vrachlik punktlari (QVP) tash- kil etish va aholiga dastlabki fel- dsherlik yordami emas, balki malakali vrachlik yordami ko’rsatish ko’zda tutildi. QVGT uchun hamma ko’rsatkichlar — mod- diy ta’minot, kadrlar, zamonaviy as- bobuskunalar va doridarmonlar bilan ta’minlash bo’yicha xalqaro standartlar- ga mos keladigan maxsus mezon ishlab chiqildi. 1998 y.dan S.s.ning rivojlanishida yangi davr boshlandi — 1998 y. 10 no- yabrda O’zbekiston Respublikasi Prezi- dentining farmoni bilan 1998— 2005 y.larda S.s. tizimini qayta qurish dav- lat dasturi qabul qilindi. Unda mam- lakat aholisiga tibbiy yordam ko’rsatish sifatini oshirish tadbirlari ko’rsatib berildi. Bu dastur asosida S.s.ning birlamchi bo’g’inini mustahkamlash va umumiy vrachlik amaliyotini rivojlan- tirish tadbirlari amalga oshirildi. Hamma viloyatlarda QVPning keng tar- moklari tashkil etildi, natijada ikki bosqichli, ya’ni QVP hamda tuman Mar- kaziy shifoxonasi orqali tibbiy yordam ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Mazkur ishlar Jahon banki bilan hamkorlikda «salo- matlik» loyihasi asosida amalga oshi- rildi. Bu S.s.ning birlamchi bo’g’ini mu- assasalarini boshqarish va moliyalashti- rishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshi- lash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini berdi. Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish tizimining yangi shakli joriy etil- Di. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishga, uyga vrach chaqirish bi- lan malakali tibbiy yordam ko’rsatish o’rtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq bo’lindi. g’oz. Respublika sho- shilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda Markaziy tu – man va shahar kasalxonalari bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko’rsatish ishlari amalga oshiriladi. Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijo- biy o’zgarishlar ro’y berdi. Tibbiyot oliy o’quv yurtlarida o’qish muddati 7 yilga uzaytirilib, bakalavr va magis- trlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar — qamshiralar ishi baka- lavrlari tayyorlanadigan bo’ldi. Onalar va bolalarni muhofaza ki- lish xizmatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari uzoq muddat- ga mo’ljallangan Davlat dasturlari- da [«onalar va bolalar skriningi» (1998), «soglom avlod» (2000), «ona va bola» (2001), «ayollar va o’sib kelayot- gan avlodlar sog’lig’ini mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha tadbirlar to’g’risida» (2002)] belgilab beriddi. Ekstrageni- tal kasalliklarni aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun Fer- til yoshdagi ayollarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan ta’minlash hajmi ko’paytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasal- liklari bor ayollarda homilador bo’lish va tug’ishning oldini olish buyicha tu- shuntirish ishlari ancha faollashtiril- Di. Tug’ma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tug’ilishi oldini olish maqsadida onalar va bolalarda skrining o’tkazish tizimi tashkil etildi, genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda. S.s. tizimidagi o’zgarishlar «Sihatsalomatlik» jurnali, «O’zbekiston tibbiyot jurnali» va tib- biyot sohalariga oid jurnallarda yoritib boriladi. Ad.: Karimov Sh. I., Muhamediyarova R. G. va b., O’zbekistonda sog’liqni saqlash. Muammo va istiqbollar, T., 1998; N a zirov F. G’., Ona va bolasalomatligi yo’lida, T., 2001. Damin Asadov.