Statistika

Statistika (lot. ctatus — boy- lik, davlat) — 1) turli hodisalar va ja- rayonlarni mikdoriy hisoblash, ma’lu- motlarni qayta ishlash va tahlil qilish yo’li bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan ijtimo- iy fanlar tarmog’i. Tor ma’noda S. bi- ronbir hodisa yoki jarayon to’g’risidagi jamlanma ma’lumotlar (ko’rsatkichlar) majmui (to’plami)ni bildiradi. S. mu- rakkab va sertarmoq fanlar majmui- dan iborat bo’lib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini o’rganadi va tahlil etadi. S.ning asosiy bo’limlari: S. ning umumiy nazariyasi — mikdo- riy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini o’rganadi; iqtisodiy S. — xalq xo’jaligi ko’rsatkichlari tizi- mini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va b.ni o’rganadi (q. Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari S.si — sanoat, qishloq xo’jaligi., qurilish, transport, aloqa S.siga bo’linadi; demografik S, mehnat, aholi bandligi S.si; ijtimoiy S — aholi turmush tarzini tavsiflay- digan ko’rsatkichlar tizimini va ij- timoiy hayotning turli masalalarini o’rganadi va h.k. Ularning asosiy vazi- fasi xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tav- siflaydigan ko’rsatkichlar tizimini o’rganish va ishonchli, ilmiy asoslangan ma’lumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun S. fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular o’rtasidagi aloqalarni aks etti- radigan ko’rsatkichlar tizimlari, sta- tistik guruhlash natijalari bo’lgan yig’ma va kombinasiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llaniladi. S.da o’rtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlash- tiruvchi tavsiflar muhim rol o’ynaydi. S. usullari qo’llaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa S. tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tu- tash joyida paydo bo’lgan matematik sta- tistika S. fanining alog’ida bo’limini tashkil etadi. Matematik S. statistic tadqiqotlarda statistik ma’lumotlarni to’plash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosa- lar chiqarish usullarini o’rganadi. Tosh- kent iqtisodiyot un-tida S. bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanadi; 2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar to’g’risida yalpi axborot- larni yig’ish, qayta ishlash, tahlil va e’lon qilish bilan bog’liq amaliy FA- oliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro S.ga bo’linadi. Xalqaro S. ij- timoiyiktisodiy ko’rsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini ta’minlashga asoslangan holda turli mamlakatlar- ning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendentsiyala- rini o’rganadi. Xalqaro S.da BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari etakchi rol o’ynaydi. Milliy (umum- davlat) miqyosida statistik ma’lumot- larni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat bo’yicha davlat sta- tistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. O’zbekistonda S. amaliyoti bilan O’zbekiston Respublikasi Stati- stika davlat qo’mitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (bo’lim)lari shug’ullanadi. S. amaliyotining boshlanishi davlat- ning paydo bo’lishi davriga to’g’ri ke- ladi. Qadimgi davrlardayoq xo’jalik va g’arbiy ehtiyojlar, aholi, er, molmulk hisobi bo’yicha S. ishlari amalga oshi- rilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Fan sifatida S.ga 17-a. oxirida ingliz iqtisodchi olimi u.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va b. ijtimoiyiqtisodiy fanlardan ajral- magan «siyosiy arifmetika» deb nomlan- gan fan — S. asoslari ifodalab berildi. S. rivjida davlatshunoslik fanining paydo bo’lishi ham muhim rol o’ynaydi. 19-a.ning 2-yarmi va 20-a. boshlarida S. jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat mo- nopolistik kapitalizmi sharoitlarida S.ning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi. Monopoliyalarning iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish ehtiyojlari, aholining tabiiy ko’payishi va ko’chishi o’rganildi, aholi, sanoat va qishloq xo’jaligi. ro’yxatlari o’tkazildi. Birinchi navbatda, ro’yxatni o’tkazadigan davlat S. tashkilotlari shakllandi va takomillashdi. Statistik ma’lumotlar- ni qayta ishlashda matematik usullarni qo’llash S. nazariyasini rivojlantirish- da muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Iqtisodiyotda ma’muriybuyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti mu- nosabatlariga o’tish S.da ham tub buri- lish yasadi. Hoz davrda O’zbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga o’tkazish hamda mahalliy sharoitlarga uyg’unlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xori- jiy davlatlar ko’rsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir. Shu muno- sabat bilan O’zbekiston Respublikasi hukumati 1994 y. 13 sent.da «O’zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika ti- zimiga o’tkazishning davlat dasturi»ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Dav- lat statistikasi to’g’risida» qonunida (2002 y. 12 dek.) respublikada S. ishini tashkil etish va uning huquqiy maqomi belgilab berilgan. Hamidulla Nabiev.