Sororat

Sororat (lot. Soror — singil) — nikoh odatlaridan biri. Erkakning bir necha opasingillarga uylanishi. Ba’zi olimlar S. ibtidoiy jamoa davrida urf bo’lgan guruxli nikohning qoldig’i deyishadi. S. Osiyo, Amerika, Afrika va Okeaniyaning ko’pgina xalqlarida ham mavjud bo’lgan. S. ba’zi davlatlarda xotini vafot etgan erkakning o’z qayin singlisiga uylanishi tarzida saqlangan. Ko’pincha bu odatni etim bolalar tarbi- yasi uchun g’amxo’rlik bilan bog’laydilar. S.ni dastlab L. Morgan qayd etgan va J. Frezer esa fanga kiritgan. O’zbeklarda nikohning bu turi saqlangan bo’lib, tub ildizi mulk bilan bog’liq edi. Chunki taomilga ko’ra, ayol vafot etgandan key- in erkak qayta uylanishi uchun yana ka- Lin to’lashi lozim bo’lgan. Marhumaning singlisiga uylanganda esa, deyarli qalin to’lamagan va fakat to’y xarajatlari be- rilgan, xolos. Shuningdek, marhumaning farzandlari etimlik azobuqubatini tortmasligiga xam e’tibor berilgan. Ad.: Kislyakov N. A., Ocherki po isto- rii Semi i braka u narodov Sredney Azii i Kazaxstana, L., 1969; Bo’riev O., Shoymardonov I., Nasriddinov K., O’zbek oilasi tarixidan, T., 1995.