Sovchilik
Sovchilik — biror xonadonning voyaga etgan qizini kelinlikka so’rab borish odati. Bu vazifani bajaruvchi- lar sovchilar deb atalgan. Dunyoning turli xalqlarida bu odat turlichadir. S. to’g’risidagi ilk ma’lumotlar 7-8 a.larga oid urxunenisey bitiklarida uchraydi. To’nyuquq bitiktoshida «sov», «sab» kilimasi so’z, ran ma’nosida ish- latiladi. «Irq bitigi» («fol kitobi») da esa «sab»—suz, «sabchi» — xabarchi, so’z keltiruvchi ma’nosida qo’llanilgan. Bu xaqda Mahmud Koshg’ariy «sovchi — kelin va kuyov orasida birbiriga xabar eltuvchi», deb yozgan. Turkiy xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda kdtsimdan ska dastlab ayollar, so’ngra erkaklar borish- gan. Odatda, kuyovning tog’asi, amakisi yoki yaqin qarindoshlardan obro’li, ko’pni ko’rgan, uvalijuvali, serfarzand va bir nikohli, Fozil kishi ska yuborilgan. Yigit ulg’ayayotgan xonadonda uni uy- lantirish faqat ota-onaninggina emas, yakin qarindosh, do’stu birodarlarning ham tashvishi hisoblanadi. Shunga ko’ra, yigitga munosib qizni ko’z ostiga ol- ganlar va yigitning onasiga uni darak qilishgan. Shaharlarda yigitning onasi, ammasi yoki xolalaridan biri yoki boshqa ayol b-n mo’ljallangan qiz xonadoni- ga tashrif buyurib, «mehmonga keldik» bahonasi b-n qizni ko’radilar. Ayni paytda uyjoy, hovlining tozaligi, sa- ranjomsarishtaligi, dasturxon bezali- shi, uy egalarining mehmondo’stligiga razm soladilar. Qizning onasi b-n suhbatlashib, «onasini ko’ru, qizini ol» maqoliga amal qiladilar. Ko’p erda so- vchilar qiz tomonning qo’niqo’shnilari, xizmat eridan so’rabsurishtiradilar. Qishloq joylarida yashovchilar birbir- larining farzandlarini yaxshi bil- ganliklari uchun S.ka o’zlari bormay, mahalladan yoki qarindoshlaridan 2-3 kishini goboradilar. Qiz tomon tanish- bilish yoki qarindosh bo’lsa, sovchilar ik- kiuch borgach, fotiha to’yi belgilanishi mumkin. Agar notanish bo’lsa, qiz tomon ham so’rabsurishtirib, bir qarorga kel- guniga qadar, yigit tomon o’z elchila- rini yuborib turadi. Sharqona odobga ko’ra, yigitning onasi o’z o’g’li haqida gapirishi, uning yaxshi tomonlarini ko’rsatishga urinishi yaxshi sanalmaydi. O’zbekchilik odobi, milliy madaniyatga ko’ra, sovchilar tomoni ham, qiz tomon ham birbirlarining sha’nilariga te- gadigan ran qilmaydilar. Zarur bo’lsa, hatto rad javobini ham nozik andisha pardasiga o’rab, og’ir botmaydigan, ki- shidan bezmaydigan qilib etkaziladi. S. aksariyat ayollar ishi, sharoitga qarab o’rtaga ba’zan erkaklar ham tushadilar. Sovchilarni ma’joziy ma’noda elchilar deb atashadi. Qizning ota-onasi rozi- lik bildirgach, sovchilar shu rozilikka oldindan maxsus tayyorgarlik tarzi- da dasturxon (patir, shirinlikmeva, ba’zan qizga, uning ota-onasiga capno) qilib boradilar. Sovchilar huzurida qiz va yigit birbirlariga unashtiril- ganligi e’lon qilinadi va bu qarorning muqaddasligini ta’kidlash ma’nosida sovchilar keltirgan dasturxon ochilib, noni sindiriladi, (non sindirish) so’ng «oq o’rar» marosimi o’tkaziladi. Odat- da, bu marosimda eng yaqin va tabarruk qarindoshlar ishtirok etishib, ikki to- monning quda bo’lishiga rozilik belgisi sifatida oqlik beriladi. Shu marosim- ning o’zida ko’pincha bo’lajak kelin uyida o’tkaziladigan fotiha to’yi kuni, taxm. bo’lsa ham to’y vaqti belgilanadi. Evropada bu holatlar ko’proq «ta- nishuv klublari», e’lonlar orqali hal qilinadi.