Sovun
Sovun — tarkibida 8 tadan 18 ta- gacha uglerod atomi bo’lgan yuqori mole- kulali yog’, naften va smola kislotala- rining tuzlari (q. Karbon kislotalar). I.ch.da va ro’zg’orda (tovar S.) S. deganda karbon kislotalarning suvda eriydigan tuzlariga yuvuvchi ta’sirga ega bo’lgan ba’zi moddalarning qo’shilmasi tushu- niladi. Bu aralashmalarning asosini to’yingan va to’yinmagan yog’kislotalari (stearin, palmitin, miristin, laurin va olein)ning natriyli (ba’zan, kaliy- li va ammoniyli) tumari tashkil eta- Di. Mol. m. kichik kislotalar yuvuvchi ta’sirga ega emas, mol. m. katga kislo- talar esa suvda yomon eriydi. Ishqoriy er va og’ir metallar (mis, simob va b.) ning tuzlari shartli ravishda «metall» S. deyiladi. Ularning ko’pchiligi suvda erimaydi, lekin uglevodlarda eriydi, bunday tuzlar plastik (konsistent) sur- kov materiali, loklar, plastifikator- lar va b. tayyorlashda qo’llanadi. Suvsiz natriyli S. — qattiq modda, suyuqlanish t-rasi 250-260°. S. ga suv qo’shilganda uning suyuklanish t-rasi pasayadi. Tovar S.ning suyuqlanish t-rasi 100°. Qattiq S.ning zichligi 1050 kg/m3 ga yaqin; suv- siz S, gifoskopik S.ning yuvuvchi modda, ho’llagich, emulgator, peptizator, Surkov materiallari va b. sifatida keng ishla- tilishining sababi S. molekulalarning o’ziga xos tuzilganligidir. S. — sirt faolmoddalaraan. S. suvli eritmalarda gidrolizlanadi. S. eritmasi ishqoriy reaktsiyaga ega. O’ta suyultirilgan S. ionlarga to’liqdissosiyalanadi. Qattik, suvda S.ning yuvuvchi ta’siri keskin Pa- sayadi, chunki bunda suvda erimaydigan kaltsiy va magniy tuzlari hosil bo’ladi (q. Suvning qattiqligi). S. qadimdan ma’lum yuvuvchi vosi- tadir. Qadimgi gallar va germanlar yog’larni o’simlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar b-n ishlab S. tayyorlaganlar. 17-a.da potash (K2SO3) qo’llab kaliyli suyuq («yashil») S. ishlab chiqarilgan. 1800 y.dan suyuq S.ga qaynatish paytida osh tuzi b-n ishlov berish orqali qo’lbola «qattiq va sariq» natriyli S. i.ch. bosh- langan. Ilk bor kaltsinasiyalangan so- dadan foydalanib sanoat miqyosida S. ishlab chiqarish 18-a. oxirlarida amalga oshirilgan. Ma’lumki, kir kiyimkechak va b. ma- teriallarda turli yog’lar bo’ladi. Bun- Day materiallar suv b-n yuvilganda toza bo’lmaydi, chunki kir tarkibidagi yog’lar ho’llanmaydi. S. b-n yuvilganda S.ning tortadigan qismi (ya’ni karboksil guruh) kir tarkibidagi yog’larni ho’llaydi. Na- tijada materialdagi kir S. eritmasi b-n emulsiya hosil qiladi va suv b-n oson yuviladi. S. neytral yog’larga o’yuvchi ishqorlar ta’sir ettirib yoki yog’kislotalarini o’yuvchi ishqorlar yoxud ishqorli karbo- natlar b-n neytrallab olinadi. S. kon- sistentsiyasiga ko’ra, qattiq, mazsimon, suyuk, va poroshoksimon bo’ladi; ishla- tilish maqsadiga qarab kir S, atir S. va texnik S.ga bo’linadi; tayyorlash usuli bo’yicha elimli va o’zakli S.ga ajraladi. Natural va gidrogenlangan holdagi o’simlik yog’lari, hayvon yog’lari, sintetik yog’kislotalari, yog’larni tozalashda hosil bo’lgan chiqindilar, kanifol S. tayyor- lash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. pishirish uchun neytral va parchalan- gan yog’lardan foydalaniladi. Ad.: Abramzon A. A., Poverxnoaktiv- Nie vetshestva, 2 izd., L., 1981. Sobirjon Aminov.