Sovut

Sovut — jangda tanani o’q, nayza va qilich zarbidan saqlash uchun kiyila- digan mustahkam harbiy kiy im. O’rta Osiyo va Sharq qo’shinlarida ilk o’rta asrlardan boshlab qo’llanishda bo’lgan. Turkiylar tomonidan temir eritishning yo’lga qo’yilishi turli jang qurollari qatori S.ning ham ixtiro qilinishiga zamin bo’lgan. S. dastlab to’r ko’ylak sha- klida po’lat simdan to’qilgan. Keyincha- lik uning chidamligini yanada oshirish maqsadida ustiga har xil shakldagi me- Tall tangachalar qoplangan. S.ning yoqasiz va engsiz turlari ham bo’lgan, ular yashi- rin ravishda oddiy kiyim tagidan kiy- ilgan. S. ostidan maxsus paxtali kiyim — hafton kiyilgan. . Turk xoqonligi qo’shinida S. yaraq (yaraq), Qoraxoniylar qo’shinida yariq (yariq), Kuba yariq, quyag’ (quyag’), ko’krak S. i esa tura so’zlari b-n ifodalangan. Amir Temur, Bobur va o’zbek xonlari qo’shinida S.ning rangba- rang turlari mavjud bo’lgan. Jumladan, simdan to’qilgan javshan, temir zanjir- lardan yasalgan zirh, metalldan yasalgan jubba, ko’ktemur, po’latdan yasalgan oha, ko’ha kabi S. turlari tarixiy-badiiy asarlarda o’z ifodasini topgan. Jan- govar otlarga va fillarga mo’ljallab tayyorlangan S.lar ham qurollanishda bo’lgan va ular kejim hamda bargustvon deb yuritilgan. Tunda askar tomoni- dan to’shak o’rnida foydalanilgan va ot sag’risida olib yurilgan yopinchiq bag- tar deb atalgan. Askar tizzasi va buti- ni dushman quroli zarbidan saklovchi S. turlari tizlik va butluq deb nomlangan.