Sodiqov Tolibjon
Sodiqov Tolibjon (1907.12.3 tosh- kent — 1957.5.9) — kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi. O’zbekiston xalq arti- sti (1939). Samarkdnddagi O’zbek musiqa va xoreografiya in-ti (1928-32), Moskva konse^vatoriyasining O’zbek opera Studi- yasi (1939— 41)da taglim olgan. O’zbek davlat drama teatrining musika (eahbari (193032), O’zbek davlat musikali teatri (1938-39) va Navoiy teatri (1941-54) ning bosh dirijyori, O’zbekiston kompo- zitorlari uyushmasining birinchi raisi (1939-48). O’zbekiston radioko’mitasi badiiy raxbari (1951-54). Kompozi- torlik faoliyatini 1930 y.da «Bogbon qiz» (S. Abdulla pesasi)ga musika yara- tishdan boshlagan. «Layli va Majnun» (N. Mironov b-n hamkorlikda, 1933), «Davron ota» (A. Kozlovskiy b-n, 1941) va b. musiqali dramalari, R. Glier b-n hamkorlikda yaratgan «Layli va maj- nun» (1940), «Gulsara» (1949) operala- ri b-n o’zbek musikali teatri rivojiga katta hissa qushgan. S. B. Zeydman b-n xamkorlikda boshlagan so’nggi operasi — «Zaynab va omon»ni yu. Rajabiy, D. Zokirovlar nihoyasiga etkazishgan. Shu- ningdek, u «Alisher Navoiy» (R. Glier b-n), «kinokontsert» (B. Brovsin b-n) filmlariga yozilgan musikalar, simfo- nik, xor va b. asarlar muallifi. Uning O’zbekona va umumsharqiy ohanglardagi «Bahor», «sarvi gul», «bulbul», «Alla», «Xur Vatan», «jonon ko’rinur» kabi qo’shiq va romanslari ommaviylashgan. Toshkentdagi 1bolalar musiqa maktabi, xalq filarmoniyasi va ko’chaga S. nomi berilgan. S. nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamgarmasi tashkil etilgan (1998). Davlat mukofoti laureati (1951). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n mu- kofotlangan (2003).