Sodiqov Karim

Ma’nosi

Sodiqov Karim (1927.5.5 Toshkent — 1987.21.11) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari Doktori (1969), professor (1971). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1950). Shu universitet falsafa kafedrasida o’qituvchi, dotsent, mudir (1953-67), ijtimoiy fakulltelar falsafa kafedrasining dotsenti (1967-68), tabiatshunoslik fakultetlari falsafa kafedrasining mudiri (1968 yildan). Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa sohasiga bag’ishlangan.

O‘xshash so‘zlar

S harfi: barcha so‘zlar