Sodiqov Rashidxon
Sodiqov Rashidxon (1938.27.5, Farg’ona viloyati — 2000, Qo’qon) — O’zbekiston xalq artisti (1992). 1960— 2000 y.lar Qo’qon shahar drama teatrida aktyor. Qaqramononaromantik, ijti- moiypsixologik va maishiy hajviy yo’nalishlar unga yaqin bo’lib, mazmunan teran, falsafiy mushohadalarga boy, mavzu va uslub jihatdan rangbarang ob- razlari b-n iz qoldirdi. «Muqanna»da Muqanna, «boy ila xizmatchi»da G’ofir, «Jaloliddin»da Jaloliddin man- guberdi, «Tohir va Zuhra»da Tohir, «Muhabbat qasri»da Shohjahon kabi ob- razlari alohida o’rin tutadi. «Mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (1998).