SOXTA KURAKBURUNLILAR

SOXTA KURAKBURUNLILAR, qilquyruqlar, Orol kurakburunlilari (Pseudoscaphirhynchus) — osyotrsimon- lar (Bakra baliqlar) oilasiga mansub chuchuk suv baliklari urug’i. Gavdasining dum tomonida yaxlit suyak qalqonning bo’lmasligi bilan haqiqiy kurakburun baliklardan farq qiladi. 3 turi Orol dengizi havzasi daryolarida uchraydi. Barcha turlari O’rta Osiyo uchun endemik. Katta Amudaryo S.k. uzunligi 75 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha; mayda baliqlar bilan oziqlanadi; 6-7 yoshida voyaga etadi; apr. da uvildiriq tashlaydi; 2 ming- ga yaqin (yirik S.k. 37 minggacha) tuxum qo’yadi. Kichik Amudaryo S.k. 27 sm gacha, Sirdaryo S.k. 30 sm gacha. Barcha S.k. noyob, O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.