Soya moyi

Soya moyi — soya o’simligi urug’idan presslash yoki ekstraktsiyalash yo’li bilan olinadigan moysimon Su- yuklik. Tozalanmagan Sm. yashil tusli jigarrang, rafinasiyalangani esa och sariq rangli; moylarning oleinlinol guruhiga mansub. Zichligi 922-934 kg/ m3 (15°da), qotish t-rasi -15 dan -18° gacha, yod soni 120-141. Tarkibida 7— 12,1% palmitin, 2-5% stearin, 20-30% olein, 44-60% linol va 5— 11 % linolen kislotalari bor. Sm. Yarim quriydigan moylar turkumiga kiradi, tarkibida to’yingan yog’kislotalarining ozligi va linol kislotaning ko’pligi (ozuqaviy qiymatining yuqoriligi) bilan boshqa moylardan farqlanadi. Oziqovqat moyi sifatida, gidrogenlan- gan sm. esa margarin va sovun ishlab chiqarish.da qo’llanadi.