So’z

So’z — tilning narsahodisalar, ja- rayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim struktur- ma’noviy birligi; o’z tovush qobig’iga ega bo’lgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular o’rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo’llanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutkda muayyan shakl va va- Zifa bilan voqelangan ko’rinishi. S. ran uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi, lekin, undan farkli ravish- da, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. O’zida leksik va grammatik ma’noni bir- lashtirgan hodda S. muayyan so’z turkumi- ga mansub bo’ladi, o’z tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin bo’lgan barcha grammatik ma’nolarni ifodalay- Di. Tilshunoslikda «S.»atamasi lekse- maga nisbatan ham qo’llanadi va leksik S. deb yuritiladi. Mas, «so’z yasalishi», «yasama so’z» birikmalarida «so’z» xud- Di shu ma’noda qo’llanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda s o’z shakl, leksema shakl yokimorfologik so’z deb ham yuritiladi. S.ning tovush va ma’no tomoni bor. Lekin har qanday tovush yig’indisi S. bo’lavermaydi. Tovush yoki tovush bi- rikmasi S. bo’lishi uchun ma’noga ega bo’lishi, ya’ni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani an- glashi yoki birbiriga anglatishi kerak. S. ma’nosida umumiylik va yakkalik- ning, barqarorlik va o’zgaruvchanlikning dialektik o’zaro munosabati aks eta- Di. Ma’noning barqarorligi o’zaro tushunishni qulaylashtirsa, uning o’zgaruvchanligi (S. ning anik, bir ma’- nosidagi o’zgarishlar) S. dan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy so’z san’atining muhim omillaridan hisoblanadi. S. ning ko’p ma’noliligi ham aynan ma’noning o’zgaruvchanligi bilan bog’liq. So’zlovchining nomlanayot- gan narsaga munosabati S. ma’nosining so’zlovchi histuyg’usini, shaxsiy fikri- ni ifodalovchi emosional jihatini tashkil etadi. S. tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim S.ning gram- matik belgilariga (so’z turkumlari), S. Yasalishi aloqalariga va semantik mu- nosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi. Bulardan tashqari, lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan, lekin o’z tovush qobig’iga, o’ziga xos ma’no, vazifasiga ega bo’lgan, shu bilan birga so’z yasash yoki so’z shakli- ni hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birli- klari ham «S.»deb yuritiladi. Bular yor- damchi S.lar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (Obbo, ehhe, voy), taqlid so’zlar (miyov, dukurdukur, yaltyult) va modal so’zlar (shubhasiz, demak, ehtimol)dir. Azim Hojiev.