So’z shakli

So’z shakli — muayyan Grammatik shakldagi muayyan suzni bildiruvchi ter- min. Nutq birligi bo’lmish suz qamma vaqt (ya’ni nutqda) muayyan ma’no va va- zifani bildiruvchi shaklga ega buladi va u so’z shakli hisoblanadi. Bu xususiyat faqat mustaqil suz turkumlariga, shunda ham faqat ot, sifat va fe’l turkumlari- ga oid suzlar uchun xosdir. Bu turkumlar- ga oid suzlar nutqsa o’zi mansub bo’lgan turkumga xos muayyan grammatik ma’no va vazifani voqelantiruvchi (reallash- tiruvchi) shakllarda qo’llanadi. Mac, otlar son va kelishik kategoriyasiga xos shakllardan birida (do’stlarga — ko’plik son, jo’nalish kelishigi shakli), fe’llar nisbat, zamon kategoriyasiga xos shak- llardan birida (ko’rsatdi — orttirma nisbat, o’tgan zamon shakli) qo’llanadi. Lekin muayyan grammatik ma’no va vazi- faga ega bo’lgan so’z nutkdan shu ma’no, va- zifani qayd etuvchi ko’rsatkichsiz (shakl yasovchisiz) ham qo’llanishi mumkin. Mac: «Stol ustidagi kitob e’tiborimni tort- Di» gapidagi «kitob» so’zi birlik son, bosh kelishik shaklida, lekin shu ma’no- larni ifodalovchi ko’rsatkichga ega emas. Buni «nol kursatkichli shakl» deyiladi. Bularning maxsus grammatik shakl ekan- ligi uziga zid bulgan, birbiriga nisba- tan qaraladigan boshqa shakl (shakllar) ga nisbatan belgilanadi. Mac, yukrrida keltirilgan gapdagi «kitob» so’zining birlik son shakli ekani «kitoblar» ko’plik shakliga nisbatan, bosh kelishik shakli ekani esa maxsus ko’rsatkichga ega bo’lgan boshqa kelishik shakllariga (mas, qaratqich — «kitobning», chiqish — «ki- tobdan» shakllariga) nisbatan belgila- nadi, ya’ni kelishik shakli deb qaraladi. Azim Hojiev.