So’z yasalishi

So’z yasalishi – 1) muayyan til- da mavjud bo’lgan usullar, namuna va qoliplar asosida, ma’lum vositalar yordamida yangi so’z hosil qilish (so’z xrsil qilinishi). Mas, affiks yordami- da S.ya. (so’zqla > so’zla, maza q li >ma- zali), «qil» yordamchi fe’li yordamida S.ya. (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu erda «yasalish» so’zi «yasamoq» fe’lining majhul nisbat shakli hisoblanadi va ja- rayonni ifodalaydi; birikmaning o’zi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunos- likning «fonetika», «Leksikologiya»ga o’xshash alohida sohasini (bo’limini) bildiradi. Mac, o’zbek tili morfolo- giyasi, o’zbek tili sintaksisi, o’zbek tili so’z yasalishi. Bu o’rinda «S.ya.»bi- rikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu bo’limida yangi yasama suzlarning paydo bo’lishi va buning shartsharoitlari, yasa- ma so’z tarkibiy kismlarining (S.ya. aso- si va so’z yasovchining) mohiyati, shuning- dek, S.ya. bilan bog’liq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati o’rganiladi. Mac, S. ya. ma’nosi, S.ya. tipi va qolipi, S.ya. me’yori, S.ya. imkoniyati, S.ya. dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, S.ya. ning asosiy usullari, vositalari va b. Shu asosda tilning S.ya. tizimi tag’lil etiladi. Hoz. o’zbek tilida yasama so’zlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, ya’ni morfemaning bir turi so’z yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama so’zning tarkibi S.ya. asosi va so’z yasovchidan iborat bo’ladi: huquqshunos (huquq — S.ya. asosi, shunos — so’z yasov- chi), tekislamoq (tekis — S.ya. asosi, la— so’z yasovchi). S.ya. asosi yasama so’z bo’lishi ham mumkin: bilimli (bilim — S.ya. asosi, li — so’z yasovchi). O’zbek tilida faqat mustaqil so’zlardan, ular- ning ham ot, sifat, fe’l turkumiga oid so’zlardan yangiyangi so’zlar yasaladi. De- MAK, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va fe’l turkumlarigina S.ya. tizimiga ega. O’zbek tili lug’at (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida S.ya.ning muhim o’rni bor. Azim Hojiev.