Spin
Spin (ing. spin — aylanmoq) — kvant tabiatga ega bo’lgan elementar zar- ralar impulsining xususiy momenti. Elementar zarralarning xususiy magnit momenti S. magnit momenti deb atala- Di. Atom yadrosi (va ba’zan atom) harakat miqdorining xususiy momenti xam S. deb ataladi. «S.»tushunchasini 1925 y.da amerikalik fiziklar J.Ulenbek va S. Proton Gaudsmitlar kiritgan. «S.»ter- Minining qo’llanilishiga sabab, dastlab elektronni o’z o’qi atrofida ailanuvchi zaryadlangan sharcha deb tasavvur kilin- gan. Impulsning xususiy momenti va xususiy magnit momenti ana shu harakat tufayli mavjud, deb hisoblangan. Zarralar S. i shu zarralar bo’ysunadigan statistika bilan bir qiymatli bog’langan. Kvant mexanikada «S.»to’g’risidagi tushunchalar V. Pauli- ga tegishli. Pauli ko’rsatganidek (1940) maydonining kvant nazariyasiga asosan butun sli zarralar Boze — Eynshteyn statistikasita (bozon- lar), yarimbutun Slilar esa Fermi — Dirak statistikasiga (fermion- lar) bo’ysunadi. Fermionlar, mas, elek- tronlar uchun Pauli printsipi to’g’ri, bo- zonlar uchun esa o’rinsizdir. Zarralar Si relyativistik effektdir (buni P. Dirak isbotlagan). Elektronda S. va S. magnit momentining mavjudligi Dirak tenglamasidyan kelib chiqadi. Ad.L.Bogolyubov N. N., Shirkov D. V., Kvantovie polya, M., 1980.