Spinoza
Spinoza (Spinoza, d’Espinosa) be- nedikt (diniy ismi Barux) (1632. 24.11, Amsterdam — 1677.21.2, Gaaga) — ni- derland faylasufpanteisti. Ajdodi Portugaliyadan ko’chib kelgan yahudiylar edi. Ruhoniy bo’lish maqsadida iudaizm falsafasi va iloxiyotini o’rganadi. Pe- kin unda mustaqil fikrlashga moyillik, tabiiy fanlarga hamda R. Dekart falsa- fasiga qiziqish paydo bo’ldi. Yahudiy dini peshvolarini vijdon erkinli- giga rioya etmaslikda aybladi, uning mustaqil tanqidiy fikri yahudiylar jamoasi bilan ixtilof chiqishiga olib keldi, natijada u 24 yoshida «daxshatli yolgon ta’limoti» uchun bu diniy jamo- Adan haydaldi. S. falsafada panteistik nuqtai na- zardan fikr yuritib, Xudo bilan tabiatni aynan bir narsa — yagona, abadiy va chek- siz bo’lgan substantsiya deb bildi. Uning fikricha, substantsiyaga cheksiz ko’p atri- butlar xos, lekin inson ulardan 2 tasi masofa va tafakkurni bila oladi. Chek- siz turlituman ayrim narsalarning re-alligini e’tirof etib, S. ularni modus- lar majmui — yagona substantsiyaning ay- Rim ko’rinishlari, deb tushundi. S.ning tabiat, substantsiya, atribut va moduslar to’g’risidagi ta’limoti materialistic xarakterga ega, u yagona moddiy Substan- tsiyadan tashqari hech qanday g’ayrimoddiy sababga o’rin qoldirmaydi. S. bilish na- zariyasida rasionalist sifatida fikr yuritadi. Aqliy bilishga katta e’tibor bersada, hissiy bilish rolini etarli- cha baholay olmadi. S. «Etika» asarida inson masalasini tahlil qiladi. Uning fikricha, inson o’z faoliyatida yaxshilik qonunlariga yoki yomonlikdan nafratla- nishga asoslanmaydi, balki o’zini saqlab qolish va foyda olish yo’lida harakat qiladi. Demak, inson faoliyati yashash uchun kurashga qaratilgan. U erkinlikni bilingan zaruriyat deb tushunib, zaru- riyat va erkinlikning birligi haqidagi dialektik ta’limotni rivojlantirdi. Uningcha, inson akl bilan qo’rquvni en- gishi, tabiatni bilish orqali erkinlik- ka erishishi mumkin. Asosiy asarlari: «Siyosiy traktat», «Dekart falsafasi- ning printsiplari», «Akdni takomil- lashtirish haqida traktat» va b. Abdulla Ayupov.