Spiritizm
Spiritizm (lot. spiritus — jon, ruh) — marhumlarning ruhi narigi du- nyoda yashashiga va u bilan kishilar (fol ko’rish, arvohlarni chaqirish va b. usul- lar bilan) muloqotda bo’lishiga ishonish. Uning kelib chiqishi qad. Animistic (q. Animizm) e’tiqodlarga, buddizm, hinduiylik, yunon ta’limotlariga, ular- ning ta’sirida ba’zi Islom firqalarida ham shakllangan tasavvurlarga borib taqaladi. S.da ruxdar bilan maxsus kishilargina (sehrgarlar, kohinlar) bog’lana oladi deb hisoblangan.