SPIROXETOZLAR
SPIROXETOZLAR — odam va hayvonlarda patogen spiroxetalar ko’zg’atadigan, epidemiologiyasi va kli- nik ko’rinishi har xil infektsion ka- salliklar guruhi. Spiroxetalar uzun yoki kiska spirallardan iborat bo’lib, 60° gacha qizdirilganda darxol o’ladi, dezinfektsiyalovchi vositalar va bir Kan- cha dori preparatlari ularga tez ta’sir etadi. S. hamma joyda uchraydi, ular- ning ko’pchiligi yaxshi o’rganilmagan. Ichak Si (leptospirozlar), bit yoki kana orqali yuqadigan qonli S. (qaytalama terlama), jinsiy yo’l bilan yuqadigan S. (zaxm) va tropik mintaqa mamlakat- lari S. i (frambeziya, bejel, Pinta) yaxshi o’rganilgan. S.ga spiroxetalar va bakteriyalar assosiasiyasi keltirib chiqaradigan kasalliklar: Simanovskiy — Plaut — Vensan anginasi, yarali sto- matit ham kiritiladi. Ko’pchilik S.ni davolashda ba’zi ki- myoviy preparatlar va antibiotiklar yaxshi naf beradi. Davolash va profilak- tika metodlari har bir xol uchun alohida belgilanadi.