Spirillalar

Spirillalar — spiralsimon yoki yoysimon bakteriyalar. O’lchami har xil (eni 0,6—0,8 dan 2-3 mkm gacha, uz. 1-3,2 mkm dan 30-50 mkm gacha). Spora hosil qilmaydi; grammusbat, harakatchan. Ba’zi turlari lab. muhitida yaxshi unib chikmaydi. S. saprofit, chuchuk va sho’r suv havzalari, oqmaydigan iflos suvlar va hayvonlar ichagida yashaydi. Ayrim S. ka- sallik paydo qiladi.