Spirt sanoati
Spirt sanoati — oziqovqat sanoatining oziqovqat xom ashyosi (don, kartoshka, melassa)dan etil spirti (xom ashyo) va rektifikasiyalangan spirt ish- lab chiqaradigan tarmog’i. Oziqovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan spirt faqat tarkibida alkogol bo’lgan ichim- liklar ishlab chiqarish.da emas, balki xalq xo’jaligining tibbiyot, radioelek- tronika, parfyumeriya va b. sohalarida ham ishlatiladi. Texnika ishlarida qo’llaniladigan etil spirtining ko’p qismi, asosan, oziqovqat uchun ishlatil- maydigan o’simlik moddalarini gidro- lizlash va turli kimyoviy usullarda sin- tezlash yo’li bilan olinadi. Kraxmalli va qandli moddalarni bijg’itib spirtli ichimliklar olish kadimdan ma’lum. 11-a.da Italiyada uzum vinosini haydash yo’li bilan vino spirti olingan. 14-a.da spirt ishlab chiqarish. Fapbiy Evropa va Rossiyada ancha rivojlangan edi. 19-a.ning oxiri —20-a. boshlarida Rossiyada yirik spirt z-dlari qurildi. 20-a.ning 90yillariga qadar O’zbekistonda S.s. unchalik rivojlanma- gan edi. 1940 y.gacha respublikada faqat Samarqanddagi spirtaraqzdi, «Toshkent- vino» k-tining spirt tsexi mavjud edi, xolos. Respublika xalq xo’jaligi uchun etil va texnik spirtlar sobiq SSSRning boshqa hududlaridan keltirilgan. 1940-90 y.larda viloyatlarda qurilgan vinoarak, z-dlarida kam miqdorda etil spirti ishlab chikarilgan. 1995 y.da etil spirti ishlab chiqarish.ni ko’paytirish, chet eldan spirt sotib olishga barham be- rish maqsadida dastlab mineral o’g’itlar ishlab chiqarish.ga mo’ljallangan Qo’qon mineral o’g’itlar z-Di 1989 y.dan etil spirti ishlab chiqarish.ga ixtisoslash- tiriddi. Korxona 1995 y.dan bug’doydan oziqovqat spirti ishlab chiqara boshla- Di. Uning yillik kuvvati 2464,2 ming dal rektifikat spirt (2003). 1991 y.dan Andijon biokimyo zavodi qayta ixti- soslashtirilib, 1994 y.dan etil spirit ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi (yillik quvvati 1642,8 ming dal, 2003). Yangiyo’l «biokimyo» z-Di 1995 y.dan bug’doydan rektifikat etil spirt, sholi chikindisidan texnik spirt ishlab chi- karadi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Shuningdek, viloyatlarda joylashgan vinoaraq z-dlarida ham etil spirti ish- lab chiqariladi. Respublikada ishlab chiqarilayotgan oziqovqat spirti, asosan (80%), ichki bozorni — «O’zmevasabzavotuzumsano atxolding» kompaniyasining vinoaraq korxonalarini, «doridarmon» aktsi- yadorlik kompaniyasi bo’linmalarini, «Oziqovqat sanoati» uyushmasi va b. korxonalar ehtiyojlarini ta’minlaydi. 1999 y.dan oziqovqat spirti Markaziy Osiyo hududidagi boshqa davlatlarga eks- port qilinadi. O’zbekiston S.s. korxonalarida 4032,8 ming dal xom ashyo etil spirti, shu jumladan, «O’zkimyosanoat» davlatak- tsiyadorlik kompaniyasi korxonalarida 2637,1 ming dal oziqovqat spirti ishlab chikarildi (2002). Rivojlangan mamlakatlarda S.s, aso- san, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiya, Braziliya kabi dav- latlarda taraqqiy etgan. AQShda «Shen- li distillere», «Jozef E. Sigrem End Sane», «Barton distilling»lar etil spirti ishlab chikaruvchi asosiy fir- malar hisoblanadi. Germaniya, Frantsiya va b. mamlakatlarda oziqovqat spirit ishlab chikaruvchi z-dlar, asosan, davlat monopoliyasi tarkibiga kiradi. Anatoliy Voznenko.