Spirtlar

Spirtlar — uglevodorodlarning to’yingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—on) tut- gan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — on guruxi tutgan birikmalar — fenollar, to’yinmagan uglerod atomlarida — on guruhi tutgan birikmalar esa enollar deyiladi. Ugle- vodorod radikalining tavsifiga ko’ra, S. asiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alisi- klik (tsiklogeksanol), yog’aromatik (Ben- zil spirt) va geterosiklik bo’lishi mum- kin. Molekulasidagi — on guruhining soniga qarab, S. bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Gliserin), to’rt atomli (penta eritrit) va b. ko’p atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) bo’ladi. S.dagi — on gurux- lari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—on) ugle- rod atomlari bilan birikkan bo’lishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. bir- lamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga bo’linadi. S, odatda, tegishli uglevodorod radi- kalining nomiga karab ataladi: SN3ON (metil spirt), S3N7—on (propil spirt) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga ko’ra, tegishli uglevodorod nomiga «ol» (yoki diol, triol) qo’shimchasi qo’shiladi va —on guruxi birikkan uglerod atomi- ni rakam bilan ko’rsatiladi. Mac, SN3— SN(on)— SN3 (propanol2), NOSN2— SN2— SN2ON (propandiol1,3). Bir atomli alifatik kuyi S. — rang- siz suyukliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (S,— S3) Sdan alkogol hidi keladi. S4—S5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori S. (S|2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alisiklik S. yalpiz xidli, uchlamchi S. mog’or hidli. S. suvdan engil, organik erituv- chilarda yaxshi eriydi, o’zi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik S. suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori S. suvda erimaydi. Birlamchi S. kri- stallosolvatlar hosil qiladi, mas, Sas124s2n5on, MgCl26C2H5OH, Cu- SO4CH3OH. Ko’pchilik S. suv va ba’zi erituvchilar bilan aralashib, azeotrope aralashmalar hosil qiladi. S. molekulasida — on guruhi bo’lgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. S. ishqoriy, ishqoriyer va b. ba’zi metallar bilan tuzeimon birikma- lar — alkogolyatlar, mas, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. S.ga kislotalar ta’sir etganda murakkab efirlar hosil bo’ladi (q. Eterifikasiya). Birlamchi S. oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi S. oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi S. oddiy sharoit- da oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik S. kucheiz narkotik ta’sirga ega, ba’zi S zaharli. S tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. S. galogenal- Killarni gidrolizlab (amil, benzil S. va b.), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va b.) olinadi.S, ko’pincha, karbonli birik- malar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va b.)ni natriy, litiy, alyu- miniy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ish- latiladigan etil spirt qand moddala- rini bijg’itib olinadi. S.ning amaliy ahamiyati muhim: bo’yoqlar, sintetik to- lalar, plastmassalar, xushbo’y dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Ko’pchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillov- chi agentlar sifatida ishlatiladi. Ad.: Organikum. Praktikum po orga- nicheskoy ximii, M., 1979; Braun T., Le- Mey g. Yu., Ximiya v tsentre nauk, M., 1983. Sobirjon Aminov.