Sporalilar

Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub g’ayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odam- ning hujayra, to’qima va organlarida parazitlik qilib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechi- rish ta’sirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoid- lari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot tsik- li spora xrsil qilish bilan tugalla- nadi; spora qobig’i parazitni noqulay muhit ta’siridan himoya qiladi. S. hayot tsiklida jinssiz, jinsiy va spo- rogoniya jarayonlari almashinib tura- Di. Jinssiz ko’payish hujayraning ko’p marta bo’linishi (shizogoniya), jinsiy ko’payish esa ko’pchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogame- talar)ning kopultsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) g’osil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin pust bilan uralgan bo’lib, oosista deyiladi. Oosista ichida spo- rogoniya natijasida sporozoitlar hosil bo’lishi bilan parazitning rivojlanish tsikli tugallanadi. S. tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. S. tipi fegarinalar va koktsidiyasimonlar sinflariga ajrati- ladi. Ayrim S.ning rivojlanishi bitta xujayinda o’tadi (ko’pchilik koktsidiya- lar) va oosistlari yordamida tarqaladi. Boshqa S.ning rivojlanishi ikkita xo’jayinda, ya’ni jinssiz ko’payishi bir xo’jayinda, gametogenez va sporogoniya davrlari boshqa xo’jayinda o’tadi. Bun- Day S. hayvonlar va odamga alimentar yo’l bilan (zararlanmagan hayvon zarar- langan hayvonni eyishi) yoki qon so’ruvchi hasharotlar orqali (bezgak parazitining chivin orkali yuqishi) o’tadi.