«Sport»

«Sport» — ijtimoiy-siyosiy gaz. Muassisi: O’zR madaniyat va sport ishla- ri vazirligi. Toshkent sh.da o’zbek va rus tilida nashr qilinadi. Dastlab (1932 y. 2 iyundan) «Fizkulturnik Vostoka» («Shark, fizkulturachisi») nomi bi- lan chiqa boshlagan. 1934-39, 1953-91 y.larda «O’zbekiston fizkulturachisi», «Fizkulturnik O’zbekistana» nomlari bilan nashr etilgan. 1991 y. 3 yanv.dan xoz. nomda. O’zbekiston va jahondagi sport voqealari, musobaqalarini, jis- Moniy madaniyat, sog’lom turmush tarzi va Olimpiada g’oyalarini keng targ’ib qilish gaz.ning asosiy vazifasidir. «Sog’lom avlod uchun», «dunyoga dovrug’i Doston», «Olimpiya umidlari», «yashil maydon» kabi doimiy ruknlari bor. Gaz.larning keng ommalashuvida Hamid Tojiboev, Erkin Jabborov, Yuriy Kovalev, Al- Bert Nazaryans, Evgeniy Romanika, sa- Far Ostonov, Tatyana Kistanova kabi jurnalistlarning hissasi katta bo’ldi. 1993 y.dan «O’zbekiston futboli» ilova gaz. ham chiqariladi. Gaz.lar taxririyati minifutbol bo’yicha ommaviy musobaqa tashkilotchisidir. «S.»ning mamlakat viloyatlarida o’z muxbirlari bor. Adadi — O’zbekcha nashri 5 ming, ruscha nashri 2,5 ming (2004). Bosh muharriri Asliddin Boliev.