SPORT INSHOOTLARI

SPORT INSHOOTLARI – sog’lomlashtirish, o’quvmashq hamda har xil sport musobakalari uchun muljal- langan alohida bino, qurilishlar maj- muasi. Zamonaviy S.i.ning timsoli si- fatida qad. Olimpiya sh.dagi palestra va gimnasiy, stadion, Otchopar, tsirk kabi- larni aytish mumkin. Yunoniston va Kdd. Rimdagi amfiteatr va kolizeylarda sta- Dion va tsirklar birlashtirilgan. 19-a.ga kelib Si. qurilishi jadallashdi. Sun’- iy suv havzalari yaratildi (1820-30), gimnastika zallari (1850) qad. Shaklda takroran uslublashtirildi. 1896 y.dan Olimpiada o’yinlarining tiklanishi Si. qurilishining ko’payishiga imkoni- yat yaratdi. 20-a.ga kelib Si. har bir dav- latning o’z milliy me’morlik an’ana- lari asosida yangi zamonaviy me’moriy uslublar bilan boyitildi. Bular Rim (1960), Tokio (1964), Myunxen (1972), Mo- skva (1980), Seul (1988), Atlanta (1996), Sidney (2000) va b. Olimpiada majmua- lari o’ziga xos loyihalashtirilgan: Yapo- niya (Tokio)dagi yirik Olimpiada insho- oti Ioyogi stadioni (1964, me’mori K. Tange, muhandisi I. Subon) zamonaviy yapon me’morligining eng yaxshi asarla- ridan biri hisoblanadi. Binoda osma konstruktsiyalaraan foydalanish yuqori tejamkorlikka ega bo’lib, yangi plasti- kani vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi. Zamonaviy Si. 50 ga yaqin sport turlari- ga xizmat qiladi. Asosiy qurilishlar mashq va musobaqa o’tkaziladigan may- don, zal va yordamchi xonalardan iborat (garderob, dush, sudyalar xonasi, sport jihozlari saqlanadigan xona va b.). Si. majmuasiga muhandislik qurilmalari (elektr, suv, kanalizasiya, ventilyasiya) dan texnik foydalanish, tomoshabin- lar uchun qurilma inshootlari (tribuna, foye, bufet, sanuzel va b.) kiradi. Shu- ningdek, Si. ochiq va yopiq (mashg’ulotlar talabiga ko’ra), bir yoki bir necha sport turlariga muljallangan (mas, gimnasti- ka va b. sport o’yinlari uchun universal zallar), shuningdek, umumiy hududda joylashgan sportning har xil turlari uchun ixtisoslashgan sport majmualari sifatida quriladi (mas, ochiq maydon- li Si.; futbol, engil atletika, chang’i sporti, tramplin, velotrek va b., usti yopiq maydonli Si.; badiiy gimnasti- ka, suv havzasi, kort, konkida yugurish sporti va b.). Zamonaviy Si dan yil bo’yi foydalanish maqsadida bir shak- ldan ikkinchi shaklga (ezda ochiq, qishda yopiq) aylantiriladigan mahobatli in- shootlar bunyod etila boshlandi [Yapo- niyadagi xalqaro Iokogama stadioni (1997, 72 370 o’rindiqli), Sendenidagi «Stat de Frans» stadioni (1999, 80 000 o’rindiqli, unda engil atletika va regbi o’yinlari o’tkaziladi. O’rindiklarini maxsus muhandislik qurilmalari yorda- mida ko’paytirish yoki qisqartirish mum- kin), Sidneydagi «Avstraliya» stadioni (1999, 80 000 o’rindiqli, mayd.1 16 ga, tomi 30 000 kv m, loyihasi Avstraliya milliy shlyapasi shaklida ishlangan), Seuldagi «Syangam» stadioni (2001, 64 677 o’rindiqli, tribuna tepasi elkan- li mahalliy baliqchilar qayig’i shakli- da qurilgan), shim.G’arbiy Londondagi «Yangi Uembli» stadioni (qurilishi 2003 y. i boshlangan, 90 000 o’rindiqli, me’mori Norman Forest kompyuter tex- nologiyasi yordamida tomini yozda ochiq, qishda yopiq qilib siljiydigan shaklda loyihallashtirgan) va b.]. O’zbekistonda 60—80y.larda S.i. loyihalari Davlat buyurtmasi asosida loyihalash intlari tomonidan bajaril- gan [Toshkentdagi Mitrofanov nomidagi (1963), Navoiydagi «Delfin» (1965) suv havzalari, Paxtakor stadioni va b.]. Mustaqillikdan keyin jismoniy tar- biya va sportga, S. i. qurilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Stadionlar, sport zallari, sport maydonlari qurish jadal olib borilmoqda. Bunyod etilayotgan Si. yuqori saviyadagi xalqaro musobaqalar o’tkazish imkonini bermoqda (Yunu- sobod tennis korta va suv xavzasi, 1996; Farg’onadagi «Toshloq» Markaziy o’yingohi, 1996; «Jar» sport majmuasi, 1998; «qarshi» tennis korti, 1998; ter- miz kurash majmuasi; 1999; Buxorodagi «Xumo» (1999) va «Buxoro» sport maj- mualari, 2002; Namangandagi «yoshlar» sport majmuasi, 2003; Andijondagi «Olimpiya zaxiralari» sport kollej- majmuasi, 2003; Termiz sh.dagi «Del- fin» suzish majmuasi 2003 va b.).