Stafilinlar

Stafilinlar (Staphylinidae) kalta ustqanotli qo’ng’izlar oilasi. 30 mingdan ortiq turi ma’lum. Tanasi in- gichka va cho’ziq (1,5—40 mm); ust qanoti kalta, boshi, ko’kragi va korni o’zaro bi- rikkan, harakatchan. Qanotlari yaxshi ri- vojlangan. Lichinkasining boshi yirik, oyoqlari harakatchan. S. keng tarqalgan. Hazon, daraxt po’stloqlari ostida, qush va b. hayvonlar hamda chumolilar ini- da yashaydi. S.ning ko’pchiligi entomo- faglar, shuningdek, parazit, saprofag (chirigan hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadi), nekrofag (o’limtikxo’r)lari ham mavjud. Yirtqichlaridan oleoxarlar (Aleocharabilineata, A. bipustulata) ma’- lum. Ularning voyaga etgan qo’ng’izlari karam pashshasining tuxum va lichinka- si bilan, Oligota oviformus Cas. qo’ng’izi o’rgimchakkana va b. bilan oziqlanadi. Ba’zi turlari qishloq xo’jaligi. ekin- larining ikkinchi darajali zararku- nandasi. Paederus turkumiga kiradigan S. qonida zaharli modda bo’lib, ezil- ganda kishi terisida yallig’lanish paydo qiladi. Alovuddin Hamroev.