Stavropol

Stavropol o’lkasi – RF tar- kibidagi o’lka. 1924 y. 13 Fev.da tash- kil etilgan [Jan.Sharqiy viloyat (o’lka); 1924-1937 y.larda shim. Kavkaz o’lkasi; 1937-1943 y.larda Orjonikidze o’lkasi]. Mayd. 66,5 ming km2. Aholisi 2730,5 ming kishi (2002), asosan, rus- lar (84%), shuningdek, arman, korachay, cherkas, Abaza, no’g’ay, osetin, Kabardin, ukrain va b. millat vakillari ham yashay- Di. Markazi — Stavropol sh. Shahar aholisi 54%. Boshqa yirik shaharlari: Pyatigorsk, Nevinnomisk, Kislovodsk. S.o’. tarkibida 26 ma’muriy tuman, 18 shahar, 7 shaharcha bor. S.o’.ga Kavkaz ol- dining Markaziy qismi, Kaspiybo’yi Pa- ettekisligining g’arbiy qismi va katta Kavkazning shim. yon bag’irlari kiradi. G’arbida Kuban daryosining keng Terra- salari yoyilgan. Tekislik hududining katta qismini platosimon Stavropol qirlari egallagan. Asosiy daryolari: ku- ban (yuqori oqimi) va irmoqlari (Teber- da, kichik va katta Zelenchuk), Kuma, kala- US, Egorlik. Bir necha ko’l bor. Tabiiy gaz konlari mavjud. Sharqiy qismida neft, tog’larda mis va qo’rg’oshinrux, polime- Tall konlari, toshko’mir, barit, o’tga chi- damli gil, dolomit, marmar, shifobaxsh balchiq, turli xil mineral va termal buloklar mavjud. Tekislik qismining iqlimi kontinental dasht iqlimi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -3,4°, -4,9° (tog’larda — 10°, -20° gacha pasayadi), iyulniki 22°— 25°. Yillik yog’in 300— 600 mm, vegetasiya davri 207-220 kun. Tuproklari, asosan, qoratuproq va kash- tan tuproqlar. O’rmonlar, ko’pincha, togli joylarda. Keng bargli, balandrokda igna bargli o’rmonlar, undan yuqorida subalp o’tlokdari bor. Yovvoyi hayvonlardan, dasht erlarda kemiruvchilar, tiprati- Kan, tulki, bo’ri, latcha, sayg’oq, Kuma daryosi bo’yidagi qamishzorlarda yovvoyi mushuk, qobon, Manich vodiysidagi ko’l va botqoqliklarda suv parrandalari, tog’larda bug’u, elik, qo’ng’ir ayiq, si- lovsin, Oltoy tiyini yashaydi. Har xil qush ko’p. Tog’echkisi, tur uchraydi. Tog’li qismida Teberda qo’rikxonasi joylash- gan. S.o’.ga Kavkaz qo’riqxonasining bir qismi ham kiradi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: oziqovqat (go’sht, un, yog’, mevasabzavot konserva va b.), engil (to’qimachilik — Nevinnomisk jun k-ti, poyabzal), mashinasozlik va metallni qayta ish- lash (stanoklar, asboblar, po’lat Arma- tura, chorvachilik va aralash em ishlab chiqarish. uchun mashinalar; «Kinotexni- ka» korxonasi, sovitkich asboblari, AV- tokranlar, «Kamazavtoprisep», elektr o’lchash asboblari, elektr texnikasi bu- yumlari, yarimo’tkazgich texnikasi va b.), kimyo va neft kimyosi (mineral o’g’itlar, «Nevinnomiskazot», sintetik smolalar va plastmassalar, «Stavropolpoli- mer», texnika uglerodi, uyro’zg’or kimyosi mahsulotlari) sanoatlari korxonalari- dir. Tabiiy gaz, neft, rangli metall ru- dalari, toshko’mir (tog’li Femida) qazib olinadi. Nevinnomisk, Stavropol is- siklik elektr st-yalari, Kuban GESlari kaskadi bor. Asosiy sanoat markazlari: Stavropol, Nevinnomisk, Pyatigorsk, Neftekumsk, Budyonnovsk, Georgievsk, Lermontov. Su. — yirik qishloq xo’jaligi. ray- oni. Bug’doy, makkajuxori, kungaboqar, qand lavlagi va b. ekiladi. Mevachilik, tokchilik rivojlangan. Mayin junli qo’ychilik, go’shtsut chorvachiligi mavjud. Katta Stavropol, Nevinnomisk va b. kanallar, sug’orish sistemalari bor. Za- terechniy — Grozniy neft quvuri, stav- ropol — Ukraina — Moskva — Sankt- Peterburg gaz quvurlari mavjud. T.ylar uz. 944 km. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uz. 7459 km. Mineralnie Vodi va Stavropol xalqaro aeroportlari bor. Su. Rossiyaning eng yirik kurort r-nlaridan biridir. O’lkada 30 dan ziyod sanatoriy va kurort faoliyat ko’rsatadi. Mavjud 130 dan ziyod mineral buloqning 90 tasidan davolash maqsadida foyda- laniladi. Essentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Kavkaz mineral suvlari kabi kurortlar mashxur. S.o’.da 7 oliy o’quv yurti, 8 ilmiy tadqiqot inti, 7 muzey, 4 teatr bor.