Stendal

Stendal (Stendhal) (taxallu- si; asl ism-sharifi Anri Mari Beyl) (1783.23.1, Grenobl 1842.23.3, Parij) — frantsuz yozuvchisi. Advokat oilasi- da tugilgan. 1799 y.da harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiya- sida xizmatda bo’lgan (1806-14). So’ng Italiyaga kelib, J. Bayron bilan ta- nishgan. Italyan romantiklarining «Conciliatore» («yarashtiruvchi») jurna- li bilan hamkorlik qilgan. 1815 y.dan boshlab S.ning dastlabki asarlari e’lon qilina boshlagan. Bu asarlardagi Respu- blikachilik ruhi va cherkov sha’niga ay- tilgan nomunosib so’zlar Avstriya poli- tsiyasida S.ga nisbatan shubha uyg’otadi. Hayoti xavf ostida qolgan S. 1821 y.da Parijga qaytib, maqolalar yozadi, roman- tizm haqidagi munozaralarga kirishadi va publisistik risolalar e’lon qiladi. 1830 y. Iyul inqilobidan keyin S. dastlab Triestda, so’ngra Rim yaqinidagi bir shaharchada frantsuz konsuli lavo- zimida xizmat qiladi. S. Hayotining bu shaharchadagi so’nggi 10 yili qizg’in ijod bilan kechadi. S. ijodi 18-19-a.larning tutash nuq,tasida boshlanganiga qaramay, u imperiya qalokatga uchragunga qadar xavaskor yozuvchi darajasidan yuqori ko’tarilmadi. 1814 y.dan tiklanish (Re- stavrasiya)ning so’ngiga qadar bo’lgan davrda S.ning ijtimoiyfalsafiy va adabiyestetik qarashlari uzilkesil shakllandi. U shu davrda «Gaydn, Mosart va Metastazio hayoti» (1817), «Itali- yadagi rang-tasvir tarixi», «Rim, ne- Apol va Florentsiya» (1817), «muhabbat to’g’risida» (1822), «Rossini hayoti» (1824), «Rasin va Shekspir» (1823-25), «Rim bo’ylab sayr» (1829) singari Pu- blisistik, falsafiypsixologik, shu- ningdek, san’at haqidagi asarlari va yo’l xotiralarini e’lon qildi. U qariyb 30 y. davom etgan tayyorgarlikdan keyin yirik badiiy asarlar yozishga kirishib, «Armans» (3 j.li, 1927), «Kizil va kora» (1831), «Parma ibodatxonasi» (1939) ro- manlari, «Vanina Vanini» (1829) xiko- yasi, «Vittoriya Akkoramboni», «Chenchi» (1837), «gersoginya Palliano» (1838) va «Kastrolik abbatisa» (1839) singari yo’l xotiralarini yaratdi. Bundan tashkari, S. shu davrda «Xudbinning xotiralari» (1832) va «Anri Bryular hayoti» (1835) avtobiografik kissalari, «Lyusen Le- Ven» (1834-36), «lamel» (1839-42) romanlari, «Minna Vangel» (1829-36) qissasi va b. asarlarini ezdi. Tanqidiy realizmning shaxsga ta- rixiylik printsipi asosida yonda- shish, voqealar va xarakterlarning haqqoniyligiga erishish, xulqatvorlarni sinchkovlik bilan o’rganish, ongshuur harakatini taxlil etish haqidagi tala- blari S. realizmining asosini tashkil etadi. S. «Armans» romanida shu prin- tsiplarga amal qilishga uringan bo’lsada, bu printsiplar yozuvchining shoh asari — «Kizil va kora» romanida o’zining mu- kammal ifodasini topgan. «Kizil va kora» romani S. ning yuk- sak mahorati bilan 19-a.ning taeutiliy xronikasi darajasiga ko’tarildi. Asar- da «salon hayotidan ko’rinishlar»gina emas, balki tiklanish davridagi qariyb butun Frantsiyaning hayoti o’z aksini top- gan. S. Jyulen Sorel obrazini yaratish orqali frantsuz jamiyatining ijtimoiy tabiatini va bu jamiyatda kechgan kurash- ni katta badiiy kuch bilan ko’rsatgan. S.ning tugallanmay qolgan «Lyusen Le- Ven» romanida esa iyul monarxiyasining dastlabki yillaridagi siyosiy-ijtimo- iy va xususiy hayotning keng manzarasi tasvirlangan. S. ijodi frantsuz adabiyo- tining keyingi taraqqiyotiga katta ta’- sir ko’rsatdi va jag’on miqyosida Shuhrat qozondi. S.ning tasvirlash maxrrati, jamiyat hayotini badiiy taxlil kilish san’ati romandan romanga o’sib bora- Di. S. adabiyotshunoslik, san’at tarixi, falsafa va psixologiya masalalariga oid asarlar ham yaratgan. Uning asosiy asar- lari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Sobranie sochineniy, 1 — 15 TT., M., 1959; qizil va qora, T., 1986; Parma ibodatxonasi, T., 1990. Ad.: Suleymanova F. K., «Lyusen Le- Ven» Stendalya, T., 1962; Re i zo v B. G., Stendal. Filosofiya istorii. Politi- ka. Estetika, L., 1974. Naim Karimov.