Stenokardiya

Stenokardiya (Yun. stenos — tor, qisqa va kardia — yurak), yurak qisish i — yurak ishemik kasalligining keng tarqalgan shakli; ko’krak sohasida to’satdan paydo bo’ladigan g’ijimlovchi og’riq S.ning asosiy belgisidir. S.da og’riq to’sh orqasida bo’lib, ko’pincha to’sh suyagidan chaproqda — yurak sohasida ham sezilishi mumkin. To’satdan tutgan og’riq bir necha min.dan yarim soatgacha davom etib, chap qo’lga, kurakka, elka va bo’yinga, ba’zan esa o’ng tomonga, orqaga, o’ng qo’lga tarqalishi mumkin. Ko’pincha og’riq xuru- Ji o’lim vahimasi bilan kechadi. S. xurujiga aterosklerozyaa yurak toj tomirlarining torayishi va qisilishi (spazmi) oqibatida yurak muskullari- ning qon bilan etarli ta’minlanmasli- gi sabab bo’ladi. Bu avval nisbiy xarak- terda bo’lib, faqat jismoniy mashg’ulot paytida (yurak muskullarining oziq moddalar va kislorodga ehtiyoji oshgan- da) kuzatiladi. Zo’riqish S. si deb atala- digan bu xrlatda og’riq xuruji ko’pincha tez yurganda, balandlikka ko’tarilganda yuz beradi va, odatda, bemor harakatdan to’xtaganda o’tib ketadi. Harakat davom ettirilsa, rg’riq qayta paydo bo’lishi mumkin va bemor har 100-200 qadamdan keyin to’xtashga majbur bo’ladi. Ayrim hollarda zo’riqish S.si hayajonlanganda, shuningdek, chekkanda, spirtli ichimli- klar ichganda, to’yib ovqatlanganda yuz berishi mumkin. Keyinchalik kasallik zo’rayishi natijasida og’riq xurujla- ri organizmning tinch xrlatida (tinch holatdagi S.) ham paydo bo’ladi. Tinch holatdagi S ko’pincha kechasi, odam uxlab yotganda ro’y beradi. S. xuruji 1-2 min. davom etib, nitrogliserin shimilganda o’tib ketadi. Ayrim hollarda S. ning og’ir xuruji yarim soatdan ko’proq davom etib, nitrogliserin foyda bermasligi va miokard infarkti kuzatilishi mum- kin. Ko’krak qafasining chap tomonidagi har qanday og’riq S.ga xos bo’lavermaydi. Nevroz, yurak poroklari, umurtqa pog’onasining bo’yinko’krak bo’limi ka- salliklari va h.k. da ham S. dagidek og’riq bo’lishi mumkin. Shuning uchun ko’krak sohasidagi og’riq bilan kechadi- gan kasalliklarga faqat vrach tekshirgan- dan keyingina diagnoz qo’yilishi kerak. S. xurujining oldini olish maqsadida jismoniy harakat qilmaslik (mas, tez yurmaslik, balandlikka ko’tarilmaslik, hayajonlantiruvchi man- zaralarga qaramaslik va b.), asabilani toliqtirmaslik lozim, butunlay yotib olmaslik ham kerak; ozozdan jismoniy mehnat qilish, og’riq bo’lmasa, ko’proq shug’ullanish mumkin. Davo fizkultu- rasi bemorning umumiy holatini yaxshi- laydi. Ovqatni oz miqdorda, lekin dam- badam eb turish kerak (yana q. Yuraktomir sistemasi).