Stoks (Stokes) Jorj Gabriel
Stoks (Stokes) Jorj Gabriel (1819.13.8, Skrin, Irlandiya — 1903.1.2, Kembrij) — ingliz fizigi va matema- tigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1851 y.dan) va uning prezidenti (1885— 90). Kembrij un-tini tugatgan (1841). 1849 y.dan shu un-t prof. Ilmiy ishla- ri optika, gidrodinamika va matematik fizikaga oid. Optikada Nyuton halqasi, aberrasiya, interferentsiya, lyumines- tsentsiya, fluoressentsiya va yorug’likning qutblanishini o’rgandi. Xususan, foto- lyuminessentsiya to’lqin uzunligi uni hosil qiladigan erug’lik to’lqin uzun- ligidan katta bo’lishini tasdiqlaydigan qoida (Stoke qoidasi) ni topgan (1852). Gidrodinamikada qovushoq suyuqliklar harakati nazariyasi (Nave—Stoke ten- glamasi, Stoke qonuni) ni ishlab chiqqan. Kinematik yopishqoklik birligi nomi uning sharafiga qo’yilgan. S.mat.da sirt bo’yicha va uni o’rab turgan egri chiziq bo’yicha olingan integrallar orasidagi bog’liqlik aniklagan (Stoke formulasi).