Strontsiy
Strontsiy (lot. Strontium), Sr Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ish- korsher metallar guruhiga kiradi. Tar- tib rakami 38, at. m. 87,62. Tabiiy S. 4 ta barqaror izotopdan iborat: 84Sr (0,55%), 86Sr (9,87%), S7Sr (7,02%) va 88Sr (82,56%). S.ning massa sonlari 80 dan 97 gacha bo’lgan bir necha sun’iy ra- dioaktiv izotoplari, jumladan, uran- ning parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan eng uzok, vaqt mavjud bo’luvchi maxsulotlardan 90Sr (T1/2q27,7 y.) ham olingan. S.ni 1790 y.da ingliz minera- logi Krouford Shotlandiyaning stron- Shian (Strontian) shahri yaqinida topilgan strontsianit minerali tarkibida kashf qilgan. Metall xrldagi S.ni amalgama ko’rinishida 1908 y.da ingliz kimyogari G.Devi elektroliz yo’li bilan gidrok- Siddan ajratib olgan. S. Er po’stining massa jiqatdan 4102% ini tashkil qiladi. Uning 30 ga yaqin minerali ma’- lum. Ulardan tselestin SrSO4 va stron- tsianit SrCO3 sanoat ahamiyatiga ega. S. kumushdek oq va yumshoq metall. Suyuklanish t-rasi 770°, qaynash t-rasi 1380°, zichligi 2,63 g/sm3. S. atom radi- usi 0,215 nm; ion radiusi 0,12 nm. Ki- myoviy faolligi va xossalariga kura, u kaltsiy bilan bariy o’rtasidagi oraliq xolatni egallaydi. S. havoda tez oksid- lanadi, suv bilan shiddatli reaktsiyaga kirishadi, ko’pgina elementlar bilan bevosita birikadi. Birikmalarida 2 va- lentli. Metall holdagi S.ni SrCl2 ning suyultirilgan eritmasini elektroliz qilish yo’li bilan olish mumkin. Sano- atda S. tselestin va strontsianit kon- tsentratlarini avval boyitish, yuqori trada (900-950°) kumir ishtirokida qaytarish, hosil bo’lgan SrS ni gidro- lizlash, SO2 yoki HNO3 ta’sir ettirib, SrCO3 yoki Sr(NO3)2 ga aylantirish va so’ngra ularni termik parchalash yo’li bilan olinadi. S. mikroorganizmlar, o’simlik va tirik organizmlarning tar- kibiy qismidir. Dengiz radiolyariysi (akantariysi) skeleti S. sulfatsele- stindan iborat. Dengiz suvo’tining 100 g quruq moddasi tarkibida 26-140 mg, quruqlikdagi o’simlikda 2,6 mg, dengiz hayvonlarida 2-50 mg, qurukG’shkdagi hayvonlarda 1,4 mg, bakteriyalarda 0,27— 30 mg S. bo’ladi. Suyak to’qimalarida S. kaltsiy bilan birga to’planib uning analogi sifatida moddalar almashinu- vida ishtirok etadi. Metall holdagi S. mis, bronza va ba’zi krtishmalar tarki- biga ko’shiladi, elektr vakuum texnika- sida gazlarni yutuvchi vosita sifatida ishlatiladi. S.ning radioaktiv izoto- plaridan 89Sr telegraf kabellaridagi shikastlarni aniklashda, ‘»Sr esa elektr batareyalarida manba sifatida ishlati- ladi. S. birikmalari zaharli emas, odam organizmiga tushganda ular kaltsiy bi- rikmalariga o’xshash ta’sir etadi, ammo yadro sinovlari paytida atmosferada yig’iladigan 90Sr izotopi insoniyat uchun uta xavflidir. S. bilan ishlaganda ishqoriy va ishqoriyer metallarga oid qo’llanma va qoidalarga rioya qilish lo- zim. Strontsiy birikmalari. S. xona t-rasida kislorod bilan birikib oksid, yuqori bosim ostida esa peroksid qosil qiladi. S. oksid, SrO — rangsiz kri- stallar. Suyuklanish t-rasi 2430°, zich- ligy 4,7 g/sm1. Ohakka o’xshash; suv bilan birikkanda ko’p miqdorda issiqlik AJ- ratib chikarib S. Gidroksidga aylanadi. S. karbonatni 1100°da termik parchalash yo’li bilan olinadi. S. gidroksid, Sr(OH)2 — rangsiz kristallar. Suyuqlanish t-rasi 375°, zichligi 3,625 g/sm3. Suvda kaltsiy gi- droksidga nisbatan yaxshi eriydi. Kuchli asosli xossaga ega, suv bilan oktagidrat Sr(OH)28H2O hosil qiladi, suvli erit- masi SO2 ni yutib SrCO3 beradi. Okta- gidrat quruq havoda monogidratga, 100° da suvsiz gidroksidga, 400° dan yuqorida SrO ga aylanadi. S. gidroksid kand ish- lab chiqarish.da patokada krlgan qandni ajratib olishda ishlatiladi. Bunda Pa- tokaga Sr(OH)2 qo’shilganda, Cl2H22On- SrO5H2O tarkibli qiyin eriydigan modda hosil bo’ladi. Bu moddaga so, ta’- sir ettirilsa, SrO S. karbonatga ayla- nib cho’kmaga tushadi, qand esa eritmada qoladi. Ad.: Kasimova S.S., Milyukov E.M., Petrovskiy G.T., Strontsiy v stekle, L., 1978; Kasimova S.S, Biogennie elemen- ti, T., 1990. Stalina Qosimova.