Sublimasiya

Sublimasiya (lot. sublimo — yuqori ko’taraman) — moddaning kri- Stall (yoki qattiq) holatdan suyuq holatga o’tmay turib, bevosita gaz holatga o’tish jarayoni; issiklikning yutilishi bilan sodir bo’ladi (I jins fazaviy o’tish). Kattiq jismlarning hammasi, mu- stasnosiz, ozmiko’pmi S.lanadi. Ba’zi moddalarda, mas, qattiq karbonat-an- gidrid, yod, kamfora, Naftalinlar- da S. etarli tezlik bilan yuz beradi; boshqa moddalarda bu jarayon odatda- gi trada juda sekin boradi va amalda uni sezib bo’lmaydi. Moddaning massa birligini o’zgarmas trada gaz holatiga o’tkazish uchun unga berilishi lozim bo’lgan issiqlik solishtirma sublima- tsiya issiqligi, o’zgarmas bosimda qattiq jismning bevosita gazeimon holatga muvozanatiy fazaviy o’tishidagi tra S. t-rasi deb ataladi. S. tezligi, ya’ni vaqt birligi davomida gaz hrlatga o’tgan mod- da massasi uning asosiy kinetik tafei- loti hisoblanadi. Meteorologiyada suv bug’ining to’g’ridanto’g’ri muz holatiga o’tishi ham S. deb yuritiladi. S.ning qattiq moddalarni qo’shilmalardan tozalashda, kosmik AP- paratlarni yuqori tradan himoyalashda va b.da ahamiyati katta.