Suboshi
Suboshi — lashkarboshi, Sarkar- da, oliy bosh qo’mondon. Bu unvon Turk xoqonligida saltanat uchun qilgan buyuk xizmatlari, sarkardalik iste’dodi bi- lan Dong taratgan shaxslar (mas, Turk xoqonligida Kultegin, Mo’g’ilon, Inal qag’an) gagina berilgan. Qoraxoniylar qo’shinida Sdan rostgo’ylik, shijoat va botirlik, harbiy amaliyotlar chog’ida turli harbiy mahorat ishlata bilishlik talab qilingan. Saljuqiylar saltanati- da «S.»atamasi qabila boshlig’i, viloyat, o’lka hokimi ma’nolarida qo’llangan. Saljuqiylar sulolasi asoschisi Saljuq xam S unvoniga ega bo’lgan. Viloyat hokimlariga S unvoni qatori Arabcha «Amir» unvoni ham berilgan. S. Sulton farmoniga muvofiq harbiy yurishga chiqqan. Usmonli turklar davlatida S. avvalgi mavqeini asta-sekin boy bergan, u chekka viloyatlarda mirshab vazifasi- ni bajargan. Uning vazifasini bashbuk, miri ashiret, Reye deb atalgan amaldor- lar egallagan. Ayni shu ma’noda S.ning O’rta Osiyoda ham faoliyat ko’rsatganligi tarixiy manbalarda aks etgan. Hoz. Tur- kiyada ermulkni boshqaruvchi shaxs S. ata- masi bilan ataladi.