Subsidiya
Subsidiya (lot. subsidium — yor- dam, nafaqa, qo’llabquvvatlash) — dav- lat byudjeti, maqalliy byudjetlar mablag’lari yoki maxsus fondlardan jis- Moniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga berila- digan pul mablag’i yoki natura shaklidagi yordam. Mablag’lar ko’rinishidagi aniq manzilli S.lar 6evosita S, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvo- Sita S. deb ataladi. S. davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajra- tiladi. S.lar iqtisodiyotni diversifi- kasiyalash (tarkiban o’zgartirish), eks- portimportni muvozanatlab turish, fan- texnika yangiliklarini o’zlashtirishni yo’lga qo’yish, milliy sanoatni o’stirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, kon- versiya va b. maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab tu- rish uchun bozorga qo’shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bo’lganda davlat o’z tovarlarini zaxiraga o’tkazib turgan firmalarga S. berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Davlat- ning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham S. oladi.