Substitusiya
Substitusiya (lot. Substituo o’rniga qo’yaman, o’rniga almashtiraman) — vasiyatda o’rinbosar merosxo’r (sub- stitut)ning tayinlanishi. Vorislik huquqida meros qoldiruvchining vasi- yatnomasida meros ochilguncha asosiy merosxo’rning vafot etib qolishi yoki uni qabul qilmasligi eqtimolini hisobga olib, qo’shimcha merosxo’r ko’rsatiladi. Asosiy merosxo’r qonunda nazarda tu- tilgan sabablarga ko’ra merosdan mahrum etilgan holatlarda xam vorislikka sub- stitut chaqiriladi. Substitut sifatida, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko’ra, merosxo’rlar qatoriga kirishkirmasligidan qat’i nazar, har qanday shaxs tayinlanishi mumkin. Xalqaro huquqda davlatlarning mod- diy javobgarligi shakllaridan biri, restitusiyaning bir ko’rinishi; qonunga xilof ravishda yo’q qilingan yoki zarar etkazilgan mulkni, shu jumladan, bino- lar, transport vositalari, san’at boy- liklari, xususiy mulkni teng qiymatli boshqa mulk bilan almashtirishdan ibo- rat.