Substrat

Substrat (tilshunoslikda) — muayyan bir lingvogeografik hududda tarqalgan tilda barcha til sathlariga mansub belgi va hodisalarning majmui. Bu belgi va hodisalar kelib chiqishiga ko’ra avval shu hududda mavjud bo’lib, keyin yo’qolib ketgan tilga tegishli bo’ladi, boshqacha aytganda, S. mag’lub tilning g’olib tilda qoldirgan izlari. Mas, rumin tilining DAK Si — daklar- ning yo’qolib ketgan tilining izlari. S. manbai g’olib tilga qarindosh bo’lishi ham, qarindosh bo’lmasligi ham mumkin. S.ni u bilan yondosh hodisalar — ad- strat (kelgindilar tili ta’siri ostida mahalliy aholi tilida hosil bo’lgan til hodisalari; begona tilning mahalliy tilga ta’siri bilan bog’liq ikki til- lilik ko’rinishi) va superstrat (lot. superstratum — «ustki qatlam, qavat» — muayyan bir lingvogeografik hududda tarqalgan tildagi lisoniy belgi va hodisalar majmui bo’lib, ular mahalliy tilga singib yo’qolib ketgan kelgindi- lar tilining izlaridir) hodisalaridan farqlash kerak.