Suffoziya
Suffoziya (lot. suffossio — o’yish) — Er osti suvlari ta’sirida tog’jin- slari massividan mayda mineral (xlor- li, sulfat, karbonat tuzlar va b.) zar- rachalarining mexanik ravishda yuvi- lish jarayoni. S. ko’proq kumli, lyossli va b. dispers jinslarda sodir bo’ladi. S. massivning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning qatlamlarida va bu qatlamlarning ula- nish joylarida; tektonik buzilish zo- nalaridagi darzliklardagi bir jinsli bo’lmagan to’ldirgichlarda; tog’jinsla- rining ulanish joylarida va sun’iy inshootlar (filtr, drenaj va b.)dan to’kilgan materiallarda rivojlanadi. Tog’jinslari granulometrik tarkibi- ning turlilik darajasini kupayishi, er osti suvlari harakati tezligining oshishi S.ni vujudga kelishiga imkon tug’diradi. S. tog’jinslari tarkibi va strukturasining o’zgarishiga, ularning g’ovakliligi va suv o’tkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishi- ga olib keladi. Natijada ustki qatlam cho’kib, yuqorida diametri 10 m gacha, ba’- zan 100-500 m gacha bo’lgan mayda va Yi- rik halqasimon chuqurlar hosil bo’ladi. S. natijasida yumshagan jinslar tog’ yon bag’irlarida ko’chki hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Inshootlar asosida- gi tog’jinslarda S. ularning notekie cho’kishiga, shaklini o’zgartirishiga va buzilishiga olib keladi.