Sug’d adabiyoti

Sug’d adabiyoti — Sug’d tili- da yaratilib, bizgacha saqlangan yozma manbalar. Manbalarning asosiy qismi 4— 10-a.larga taalluqli bo’lib, budda, moniylikka tegishli matnlar, kundalik turmushga oid hujjatlar, turli yozish- malar, farmon va yorliqlar, Sug’d astro- nomik kalendari, O’rta Osiyo xalqlari eposlarini tashkil etadi. Turli alif- boda bitilgan bu yodgorliklar oromiy yozuvlarida yozilgan bo’lib, Sintszyan hududidan, shuningdek, Mug’tog’idan to- pilgan (q. Mug’qal’a hujjatlari). Af- rosiyob devoriy raslshdagi elchi tasvi- rida 16 satrdan iborat ishonch yorlig’i yozilgan. Sug’d yodgorliklaridan yaxlit bir adabiy-badiiy asar saqlanmagan bo’lsada, rangorang syujetlardan tuzil- gan qochirim so’zlar, hikmatli iboralar- ga to’la maktub va yorliklar sug’dlarda boy adabiyot bo’lganini ko’rsatadi. Sug’d yodgorliklari orasida Rustam haqidagi eposdan parchalar (5-7-a.) kat- ta adabiy qimmatga ega bo’lib, bularda Rustamning devlar bilan qilgan jangi tasvirlangan. Rustam obrazi avval xalq og’zaki ijodida, keyinchalik yozma adabi- yotda yaratildi. Moniylikka taalluqli Sug’d matnla- ri orasida «Kalila va Dimna»dagi «sav- dogar va marvarid teshuvchi», «uch baliq haqida», «tulki va maymun» masallariga mazmunan yaqin bo’lgan hikoya va masallar uchraydi. «Xalqlar ro’yxati» nomli Sug’d hujjati 8-a.ga oid. Bunda o’sha vaqtda O’rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi berilgan. Ad.: Bertels E. E., Istoriya Persid- SKO-tadjikskoy literaturi, M., I960; Oranskiy I . M ., Vvedenie v Iran- skuyu filologiyu, M., 1960; Isohov M., Sug’diyona tarix chorrahasida, T., 1990.