Sug’orish normasi

Sug’orish normasi – qishloq xo’jaligi. ekinlarini etishtirish uchun vegetasiya davri davomida maydon bir- liga zarur bo’lgan suv mikdori, m3/ga bilan o’lchanadi. S.n. netto va bruttoga bo’linadi. Netto S.n. birinchi suv be- rishdan oxirgi suv berishgacha davrda dala suv iste’molining (evapotranspi- rasiya) umumiy mikdoriga teng. Tabiiy namlik beqaror bo’lgan zonalarda S.n. hisobkitoblarida vegetasiya davridagi yog’in mikdori nettodan ayriladi. Netto S.n. ekinlar turi, navi, tuproq, iqlim, gidrogeologik va meliorativ sharoitlar- ga bog’liq (q. Sug’orish rejimo’). Brutto S.n.da netto S.n. dan tashqari sug’orishda suvning zaruriy sarf (isrof) bo’ladigan mikdori (normalangan darajada) ham hisobga olinadi. Bunday sarflar suv- ning o’simlik iddizi tarqalgan qismdan pastga sizishi, suvning oqovaga chiqishi va sug’orish jarayonida bug’lanib ketishi bilan bog’liq. Zaruriy sarflar mikdori sugorish usuli, shuningdek, dala tuproq gruntining suv o’tkazish imkoniyati, dala nishabi va b. sharoitlarga bog’liq. Ve- getasiya davrida haqiqiy suv sarfi bir martalik suv berish normalari (tuproq qatlamini turli ekinlarda 0,3 dan 1,2 m gacha chukurlikda namlashga etarli 600— 1200 m3/ga mikdordagi suv) yig’indisi tarzida topiladi. O’rta Osiyoning qurg’oqchil zonala- rida tuproq sharoitlariga karab S. n. (ming m3/ga): g’o’za uchun 6-10, don ekin- lari uchun 4 gacha, makkajo’xori uchun 5 gacha, qand lavlagi uchun 6, ko’p yillik o’tlar uchun 12, sabzavot ekinlari uchun 6 gacha boradi.