SUG’ORISH SHOXOBCHALARI

SUG’ORISH SHOXOBCHALARI – sugorish manbalaridan sug’oriladigan erlarga suv olib boruvchi doimiy va muvaqqat suv o’tkazgichlar (kanal, trubo- provodlar) tarmog’i; sug’orish sistema- sitj eng muhim tarkibiy qismi. S.sh. vazifasi, uzunligi va ahamiyatiga qarab magistral kanal, uning tarmoklari (sho- xobchalari), taqsimlagich kanal, uchastka kanali, shuningdek, muvaqqat sug’orish shoxobchasiga bo’linadi. Sug’orish manba- idan olingan suvni kanal tarmoklari yoki kanallarga etkazib beradigan bosh kanal magistral kanal deyiladi. Magi- Stral kanadsan suv oluvchi va ahamiyati (suv sarfi, suv bilan ta’minlaydigan maydoni, uzunligi) bo’yicha bosh kanal- ning davomi bo’lgan kanal tarmoq ka- nal deyiladi. Taqsimlagich kanallar xo’jaliklararo va xo’jalik S.sh.ning kichik kismi bo’lib, suvni bevosita da- lalarga beradigan uchastka suv tarkat- gichlariga bo’linadi. O’zbekistonda S.sh. ochiqyoki yopiq bo’ladi. S.t.ning asosiy qismi ochiq tipda. S.sh.da suv tuproq o’zandan oqishi yoki o’zanga antifiltrasiya qoplamalar (be- ton, temirbeton, asfaltbeton, plyonka va b.) yotqizilishi mumkin. Temirbeton novli S.sh. keng tarqalgan, bunda Nov- lar tirgaklarga o’rnatiladi va choklari germik birlashtiriladi. Tuproq o’zanli kanallarda sizilishga ketgan suv sar- Fi antifiltrasion qoplamali va tru- boprovodli kanallarga qaraganda ancha ko’proq bo’ladi. Sug’orma dehqonchilik mintaqalarida suv tanqisligi sharo- ITIda suvning isroflanishiga qarshi kurashish maqsadida yuqori foydali ish koeffisientiga ega bo’lgan S.sh. barpo qilinmoqda. Masharif Boqiev.