SUG’ORISH REJIMI

SUG’ORISH REJIMI almashlab eyuish tarkibidagi ekinlarga suv berish normasi, muddati va sonini optimal uyg’unlashtirish; muayyan sha- roitlarda ekinlardan eng yuqori hosil olishni ta’minlaydi. S.R.ni belgilash uchun turli qishloq xo’jaligi. ekinlari- ni etishtirishda zarur bo’lgan suvning umumiy sarfi (suv iste’moli mikdo- ri) ularni parvarish qilishning ayrim bosqichlariga nisbatan aniqlanadi. Vegetasiya davomida suv berish mud- datlari o’stirilayotgan ekinlarning bio- logik xususiyatlari, obhavo sharoitlari, sug’oriladigan erlarning tuproqgrunt va gidrogeologik xususiyatlariga bog’liq. To’g’ri tashkil etilgan Sr. sug’oriladigan erlarda ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishni, er va suvdan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Sr. suv berish usuli va tartibini xisobga olib belgilanadi. Ikki suv berish oralig’ida tuproq nami ma’lum chegarada o’zgaradi. Uning yuqori chegarasi krndirib suv berilgan va bug’lanishdan qimoya qilingan tuproq namligi — to’liq dala nam sig’imi hisoblanadi. To’liq dala nam sig’imi AK- sariyat tuproq massasi yoki hajmining 15-36% ini tashkil qiladi. Namlik- ning quyi chegarasi suvtalablik (suv berish oldi) namligi deyiladi. Uning miqdori to’la dala nam sig’imining 55 dan 85% iga teng bo’lishi mumkin. Bun- Day namlikda navbatdagi suv berishni kechiktirish ekin hosilini kamaytirib yuboradi. Suv berish navbatlari o’simlik tuproqdagi namga juda talabchan, g’oyat suvtalab bo’ladigan davrda suv bilan ta’minlashni mo’ljallab belgilanadi. G’alla ekinlarda nay o’rash — boshoq chikarish; g’o’zada shonalash — gullash — ko’sak tugish — ko’sakning etilishi; kungaboqarda savatcha chiqarish — gul- lash; kartoshkada g’unchalash — yalpi tu- ganak tugish fazalari g’oyat suvtalablik davri hisoblanadi. Pomidor, baklajon, shirin garmdori kabi ekinlar yalpi barg chiqarish davrida mo»tadil namlik rejimini, mevalari pishish davrida yuqori namlik rejimi- ni talab qiladi, hosilni terish davrida suv berish to’xtatiladi. 1 ga erdagi ekin- ga bir marta berish uchun zarur bo’lgan suv mikdori suv berish n o r m a s i dey- iladi. Hamma suv berish yig’indisi esa sug’orish normasini tashkil qiladi, suv berish oralaridagi davrlar yig’indisi esa sug’orish mavsumi deb yuritiladi. Sr., shuningdek, chizmataxlil usullar bilan ham aniklanadi (q. Gidromodul, Gidromodul bo’yicha rayonlashtirish). Ad.: Ahmedov X.A., Sug’orish melio- rasiyasi, T., 1977; raschyotniy rejim oro- sheniya selskoxozyaystvennix Kultur v basseynax rek Sirdari i Amudari, T., 1967; Avliyakul o v A.E., Oroshenie kul- tur xlopkovogo sevooborota, T., 1988.